Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
  • Asosiy
  •  > 
  • Korxona to'g'risida

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Korxona to'g'risida

«MAXAM-CHIRCHIQ» AJ birinchi azot zavodlari bazasida tashkil etildi. 70-yildan ortiq vaqt mobaynida korxona O‘zbekistonda yirik min.o‘g‘itlar va boshqa kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchisidir. Korxona o‘z faoliyati davomida o‘zining yuqori  sifatli mahsulotlarini yetkazib berishi, barqarorligi va ishonchligi bilan mahalliy, chet el hamkorlar orasida hurmat-e’toborga sazovor bo‘ldi.  Hozirgi vaqtda korxona 40 dan ortiq turli mahsulotlar ishlab chiqarmoqda: karbamid, ammiakli selitra, ammoniy sulfat, KAA,  suyuq texnik ammiak, suvli texnik ammiak, konsentrlangan nitrat kislota, konsentrlanmagan nitrat kislota, suyuq va gazsimon 1U -oksidli uglerod. Ushbu mahsulot sanoatning ko‘p sohalarida ishlatiladi: kimyo, elektron, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi.

«MAXAM-CHIRCHIQ» AJ tarkibida – O‘zbekiston hududida yagona - katalizator ishlab chiqarishi faoliyat ko‘rsatmoqda.

«Maksam–Chirchiq» AJ  ISO 9001 «Sifat menejmenti tizimi» va ХzDSt ISO 14001 «Atrof-muhitni boshqarish tizimi» Xalqaro standartiga muvofiq Intergrallangan Menejment Tizimi joriy etilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda.

Korxonamiz «SERT MANAGEMENT» MChJ UIK kompaniyasi tomonidan sertifikatsiyalangan- Germaniya Xalqaro – tanilgan Sertifikatsion organ  TUV Thuringene.V qayd etilgan jamiyatning TUV InternationalCertification.

O‘tkazilgan sertifikatsion auditlar natijalari bo‘yicha korxonaning quyidagi sohalarga menejment tizimiga muvofiqlik sertifikaitlari berilgan: ammiakli selitra ishlab chiqarishi, karbamid, suyuq  ammiak, konsentrlanmagan nitrat kislota va fosfomochevina, bular ichki bozorni kengaytirishga va eksport potensalini oshirishga imkon yaratadi.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilyayotgan mahsulot nafaqat MDH mamlakatlarida, balki uzoq chet ellarda ham ma’lumdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati sertifikatsiyalar bilan tasdiqlanadi. Korxonamizning asosiy faoliyati jihatlarini namoyish qilgan holda, Siz bilan uzoq va o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishimizga ishonamiz.

          Nomi                                     «MAXAM-CHIRCHIQ» AJ

     Pochta manzili         111708, Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Toshkent ko‘ch., 2

         Tel.:/faks                     + 998 (7071) 5-25-20, 5-15-75, 6-40-79 

           E-mail                  info@maxam-chirchiq.uz, pr@maxam-chirchiq.uz

        WEB-site                                  www.maxam-chirchiq.uz