Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Konsentrlanmagan nitrat kislota

Konsentrlanmagan nitrat kislota

KONSENTRLANMAGAN NITRAT KISLOTA

ТSh 6.3-75:2003 (TIF TN kodi 280 800 0000)

Konsentrlanmagan nitrat kislota ammiakli selitrani, murakkab o’g’itlarni olish, metallarga kimyoviy usulda ishlov berish oksidlanish jarayonlari, qishloq xo’jaligi ehtiyojlari va eksport uchun mo’ljallangan.

Sifat ko’rsatkichlari

Oliy

1-nav

2-nav

Tashqi ko’rinishi

Mexanik aralashmasiz rangsiz yoki sariq suyuqlik

Nitrat kislotaning massa ulushi, %, kam emas

57,0

56,0

46,0

Azot oksidlarining massa ulushi ( N2O4 ga qayta hisoblanganda), %, ortiq emas

0,07

0,1

0,2

qizdirishdan keyin qoldiqning massa ulushi, %, ortiq emas

0,004

0,02

0,05

Izoh: iste'molchi bilan kelishilgan holda qizdirilgan qoldiqning massa ulushi 0.01% ortiq bo’lmagan yuqori navli mahsulotni ishlab chiqarish ruxsat etiladi.

Xavfsizlik talablari: nitrat kislota - yonmaydigan, yong’in xavfi bo’lgan suyuqlik, ko’pgina materiallar bilan kontaktda bo’lganda, ularning o’z-o’zidan yonishini keltirib chiqaradi. Faol oksidlovchi, hayvonlar va o’simliklarga ta'sir etib, ularning to’qimalarini yemiradi. Nitrat kislota zaharlidir. Nitrat kislota bug’lari va azotning oksidlari bug’lari yuqori nafas olish yo’llarini bezovta qiladi, kon'yuktivit yuzaga kelishiga sabab bo’ladi va ko’zning muguz pardasini shikastlaydi.

Nitrat kislota gigroskopikdir. Azot oksidi va nitrat kislota bug’larini ajratgan holda, havoda kuchli tutaydi va havoning nami bilan tuman hosil qiladi. Konsentrlanmagan nitrat kislota zaharliligi bo’yicha mo’'tadil xavfga ega bo’lgan xavflilikning 3-sinf moddalariga kiradi.

Joylash: shisha butil, bochka, zanglamaydigan po’latdan yasalgan zich yopiladigan idish va sisternalarga quyiladi.

Tashish: havo transportidan tashqari yopiq transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Saqlash: + 40oC dan ortiq bo’lmagan haroratdagi yopiq omborxonalarda po’latdan yasalgan sig’imlarda, bochkalarda yoki butillarda.

Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 1 yil.

 
Bo‘limga qaytish