Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Suvli texnikaviy ammiak

Suvli texnikaviy ammiak

SUVLI TEXNIKAVIY AMMIAK (NH3H2O)

GOST 9-92 (TIF TN kodi 281 420 0000)

Suvli texnikaviy ammiak - tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmagan o’ziga xos o’tkir hidli rangsiz tiniq suyuqlikdir. Suv va spirt bilan har qanday nisbatda aralashadi.

Suvli texnikaviy ammiak ikki turda: "A" va «B» markalarda chiqariladi.

- "A" marka sanoatning turli sohalarida;

- "B" marka esa qishloq xo’jaligida azot o’g’iti sifatida foydalaniladi. Iqtisodiyot nuqtai nazarida ushbu turdagi azot eng arzon hisoblanadi. Kuzda ammiak tuproqqa solinganda eng yuqori samaraga erishiladi, chunki u tuproqda qattiq o’g’itlardagi ammoniyli azotdan yaxshiroq ushlab qolinadi.

Ko’rsatkichlar nomi

«А»

«B»

Tashqi ko’rinishi

Tiniq rangsiz yoki sarg’ishroq suyuqlik

Ammiakning massa ulushi, %, kam emas

azotga qayta hisoblanganda, %, kam emas

25

Me’yorlanmagan

25

20,5

Uchmaydigan qoldiqning massa ulushi, g/dm3, ortiq emas

0,07

Me’yorlanmagan

Uglerod dioksidning massa konsentrasiyasi, g/dm3, ortiq emas

Me’yorlanmagan

8

Xavfsizlik talablari: yonmaydigan va portlash xavfi bo’lmagan suyuqlik. Suvli ammiak xavflilikning 4-sinfiga kiradi. Ishda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va shaxsiy gigienaga rioya qilish kerak.

Tashish: germetik transport vositalarida temir yo’l, avtomobil va suv transportida transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

"A" markali mahsulot temir yo’l sisternalarida va ammiak tashuvchilarda tashiladi.

«B» markali mahsulot pastidan quyib olinadigan sisternalar va ammiak tashuvchilarda tashiladi.

Saqlash: yopiq xonalarda germetik idishlarda yoki saqlash uchun maxsus mo’ljallangan sig’imlarda.

Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 1 yil.


 
Bo‘limga qaytish