Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Texnikaviy suyuq ammiak

Texnikaviy suyuq ammiak

TEXNIKAVIY SUYUQ AMMIAK

GOST 6221-90 (Код ТН ВЭД 281 410 0000)

Suyuq ammiak sanoatning turli sohalarida va qishloq xo’jaligida ishlatiladi, xalq xo’jaligi va eksport uchun tayyorlanadi.

Uch xil: "А", "Аk" va "B" markalarda chiqariladi.

"A" marka nitrat kislota ishlab chiqarish, azotlash uchun, sovituvchi modda sifatida hamda himoya muhitini vujudga keltirish uchun ishlatiladi. "Аk" marka eksportga chiqariladi. "B" marka o’g’itlarni ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligida azotli o’g’it sifatida foydalanish uchun ishlatiladi.

Ko’rsatkichlar nomi

Markalar

«A»

«Ak»

«B»

Ammiakning massa ulushi, %, kam emas

99,9

99,6

99,6

Azotning massa ulushi, %, kam emas

-

82

82

Suvning massa ulushi (bug’lanishdan so’ng qoldiq), %

-

0,2-0,4

0,2-0,4

Suvning massa ulushi (Fisher usuli), %, ortiq emas

0,1

-

-

Moyning massa ulushi, mg/dm3, ortiq emas

2

2

8

Temirning massa konsentrasiyasi mg/dm3, ortiq emas

1

1

2

Umumiy xlorning massa ulushi, mln-1 (mg/kg), ortiq emas

-

0,5

-

Uglerod (IV) oksidining massa ulushi, mln-1 (mg/kg), ortiq emas

-

30÷10

-

Xavfsizlik talablari: suyuq ammiak qiyin eriydigan moddalarga kiradi. Me'yoriy haroratda va atmosfera bosimida gazsimon holatda bo’ladi. Ammiakning havo bilan aralashmasi portlash xavfini vujudga keltiradi. Yonganda uni o’chirish uchun suv, ko’pik yoki yonmaydigan gazlar bilan avtomatik yong’inni o’chiradigan ko’chmas qurilmalardan foydalaniladi. Ammiak zaharli, 4-sinf xavflilik moddalarga kiradi. Gazsimon ammiak shilliq pardalarni qattiq bezovta qiladi, ko’zni yoshlantiradi, bo’g’ilishga, odamning terisiga tushib, kuchli kuyishga olib keladi.

Joylash: suyuq ammiak po’lat ballon hamda temir yo’l va avtomobil sisternalariga quyiladi. Ballonlar mahsulot bilan 80% dan ortiq bo’lmagan holda to’ldiriladi. Sisterna lyuklari germetik yopilgan va plombalangan bo’lishi kerak. Sisternalar mahsulot bilan 80-85% dan ortiq bo’lmagan holda to’ldiriladi.

Tashish: maxsus ammakli temir yo’l va avtomobil sisternalar, po’lat ballonlar, tankerlarda va quvurlar orqali.

Saqlash: suyuq ammiak yer ustidagi rezervuarlarda, omborlarda saqlanadi, ballonlar maxsus omborxonalarda yoki ballonlarni atmosfera yog’inlaridan va quyoshning to’g’ridan-to’g’ri tushishidan himoyalovchi shiypon ostidagi maydonchalarda saqlanadi.

Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 1 yil. 

 
Bo‘limga qaytish