Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Quyqaga qarshi modda

Quyqaga qarshi modda

QUYQAGA QARSHI MODDA

Ts 00203068-36:2015

 

Ushbu mahsulot sanoatda va kundalik turmushda yuzalardan karbonat quyqalarini, korroziya mahsulotlarini yo’qotish uchun qo’llaniladi. Quyqaga qarshi modda rakovina, unitaz, yuzalarni maishiy ifloslardan, shuningdek, neft-gaz qazib olish tarmog’i, energetika, sut va vino-aroq sanoatida issiqlik almashinuvi va boshqa uskunalarni mineral cho’kindilardan kimyoviy tozalashda samaralidir.

Karbonat cho’kindilari, quyqa, korroziya mahsulotlarini yo’qotish uchun quyqaga qarshi modda kukunidan 60-80º C haroratda isitish bilan quyqaga qarshi modda:suv = 1:0.8 nisbatida suvli eritma tayyorlanadi. Hosil bo’lgan eritma yordamida quyqani to’liq yo’qotish uchun yetarli vaqt davomida quyqani qalinligiga qarab, ifloslangan yuzaga ishlov beriladi.

Tozalangan yuza neytral reaksiyagacha suv bilan yuviladi.

Havfsizlik talablari:

GOST 2081, Ts 00203068-08 bo’yicha xavfsizlik talablari.

Quyqaga qarshi modda bilan bajariladigan ishlarni shaxsiy himoya choralariga rioya qilgan holda maxsus kiyimda o’tkazish kerak.

Tashish va saqlash:

Quyqaga qarshi modda saqlanishini ta’minlaydigan transportning barcha turlarida va transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Quyqaga qarshi modda namlikdan, ifloslanishdan va tarani mexanik shikastlanishidan himoyalovchi yopiq, quruq omborxonalsrda saqlanadi.

 

Tayyorlovchining kafolatlari:

Mahsulotning kafolatlangan saqlash muddati – tayyorlangankundan boshlab 1 yil.

 


 
Bo‘limga qaytish