Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Ammiakli selitra asosidagi universal ozuqa eritmalar

Ammiakli selitra asosidagi universal ozuqa eritmalar

AMMIAKLI SELITRA ASOSIDAGI UNIVERSAL OZUQA ERITMALAR

Ts 00203068-02:2013 (Код ТН ВЭД 3102 90 0000)

Universal ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, tarkibida azot - kaliyli, azot -fosforli, azot - fosfor- kaliyli o’g’itlar mavjud bo’lgan ammiakli selitra eritmasi asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir. Ammiakli selitra asosidagi UOE fizik - kimyoviy ko’rsatkichlar bo’yicha quyidagi jadvalda ko’rsatilgan me'yorlarga mos bo’lishi kerak:

Ko’rsatkichlar

Markalar uchun me'yorlar

AFO’

AKO’

AFKO’

Tashqi ko’rinishi

Rangsiz yoki xiyol bo’yalgan suyuqlik

Ammoniy va nitrat azotining jamlangan massa ulushi, %, kam emas

17

17

17

Umumiy fosfatlarning massa ulushi, %, chegarasida

0,2-0,5

-

0,2-0,5

Kaliyning massa ulushi K2O ga qayta hisoblanganda, %, kam emas

-

6

6

Xavfsizlik talablari: zaharsiz suyuqlik, lekin uzoq ta'siri natijasida terining bezovtalanishini keltirib chiqaradi. Eritma teriga tushganda shikastlangan joyni suv bilan yuvish kerak. Ishlash vaqtida eritmaning tomchisi ko’zga tushmasligi uchun himoya ko’zoynagida bo’lish zarur. Ko’zga tushganda, ko’zni mo’l suv bilan yuvish, eritma bilan ho’llangan kiyimni almashtirish zarur. AFO’, AKO’, AFKO’ universal ozuqa eritmalar issiqqa chidamli va yong’in xavfi yo’q.

Joylash: zanglamaydigan temir yo’l yoki avtomobil sisternalariga quyiladi.

Tashish: zanglamaydigan temir yo’l yoki avtomobil sisternalarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Saqlash: Chang, yog’inlar tushishini va o’g’it tarkibini o’zgarishini oldini olish maqsadida "AKO’", "AFKO’" markalari zanglamaydigan po’latli, "AF¡" markasi esa uglerodli yoki legirlangan po’latli, oldin saqlangan boshqa mahsulotlardan bo’shatilgan, tuynuklari zich yopilgan yig’gichlarda saqlanadi.

Kanistra yoki iste'molchining boshqa idishlariga quyilgan UOE to’g’ridan - to’g’ri quyosh nurlari tushishidan va haroratning keskin o’zgarishlaridan himoyalangan xonalarda saqlanadi.

Tayyorlovchining kafolati: tashish va saqlash shartlariga rioya qilinganda, tayyorlovchi universal ozuqa eritmalarning AFO’, AKO’, AFKO’ markalarini ushbu texnikaviy shartlar talablariga mosligini kafolatlaydi.

Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 6 oy.
 
Bo‘limga qaytish