Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Azot - fosforli o'g'it

Azot - fosforli o'g'it

AZOT-FOSFORLI O’G’IT (AFO’)

Ts 00203068-27:2015 (Код ТН ВЭД 310 559 0000)

Yuqori konsentrasiyali donadorlangan azot-fosforli o’g’it - ammiakli selitrani ammofos bilan 9:1 nisbatda mexanik yo’l bilan aralashtirish orqali olinadigan o’g’itdir. Mahsulot mineral o’g’it sifatida qo’llaniladi. Ushbu o’g’it barcha turdagi tuproqlarga, asosiy va ekish paytida qishloq xo’jalik ekinlari ostiga solish uchun ishlatiladi.

Ko’rsatkichlar nomi

Tashqi ko’rinishi

Begona mexanik aralashmalari bo’lmagan donadorlangan mahsulot

Granulometrik tarkibi: quyidagi o’lchamdagi donalarning massa ulushi:

- 1 mm dan kam, %, ko’p emas

- 1dan 4 mm gacha, %, kam emas

- 6 mm dan ko’p, %

3

95

yo’q

Ammoniyli i nitratli azotning massa ulushi, %

29÷32

Umumiy fosfatlarning massa ulushi, %, kam emas

4

10 % suvli eritmaning pH, kam emas

4

Kalsiy va magniy nitratlarining massa ulushi CaO qayta hisoblanganda, %

0,2÷0,5

Sochiluvchanligi, %, kam emas

100

Xavfsizlik talablari: АFO’ xavfi kam bo’lgan moddalarga kiradi. Organizmga ta'siri bo’yicha xavflilikning 4-sinfiga taalluqli bo’lib, oksidlovchi va yong’inga xavflidir.

Joylash: polietilen vkladishli klapanli polipropilen qoplarga joylashtiriladi.

Tashish: havo transportidan tashqari transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq qoplarda tashiladi.

Saqlash: polietilen idishga joylangan mahsulot boshqa material va moddalardan alohida, mahsulotni namlanishdan, yog’inlar va sizot suvlar tushishidan saqlaydigan yopiq, quruq va toza omborxonalarda saqlanadi.

Kafolatlangan saqlash muddati - tayyorlangan kundan boshlab 6 oy.
 
Bo‘limga qaytish