Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Fosfomochevina

Fosfomochevina

FOSFOMOCHEVINA

Ts 00203068-28:2015 (Код ТН ВЭД 310 559 0000)

Fosfomochevina - azotli o’g’it karbamid va fosforli o’g’it - ammofosni mexanik aralashtirish yo’li bilan hosil bo’ladigan aralashtirilgan o’g’itdir. Nordon va nordon bo’lmagan tuproqlar uchun karbamidni fosforli o’g’itlar bilan birga qo’shilgan holda qo’llash ayniqsa samarali hisoblanadi.

Fosfomochevinani uzoq ta'sir etadigan, asosiy samarali azot - fosforli o’g’it sifatida yoki turli tuproqlarda barcha sabzavot va qishloq xo’jalik ekinlari ostiga ozuqa sifatida qo’llash tavsiya etiladi. Fosfomochevinani meva va sabzavot ekinlarini ildizdan tashqari oziqlantirish uchun, shuningdek dondagi oqsil moddasi miqdorini oshirish maqsadida qo’llash mumkin.

Fosfomochevina uch xil markada ishlab chiqariladi: FM 1; FM 2; FM 3.

Ko’rsatkichlar nomi

Markalar uchun me'yorlar

Nazorat usullari

FM 1

FM 2

FM 3

Umumiy azotning massa ulushi (N), %, kam emas

40

40

40

p.p. 4.2

Umumiy fosfatlarning massa ulushi P2O5 ga qayta hisoblanganda, %, kam emas

3,5

2

1

p.p. 4,3

Xavfsizlik talablari: fosfomochevina inson organizmiga ta'sir darajasi bo’yicha xavflilikning 3-sinfiga oid xavfli moddalarga kiradi. U yonmaydi, yong’in va portlash xavfi yo’q. Shaxsiy himoya choralariga qat'iy rioya etish zarur: maxsus kostyum, botinka, rezina - trikotajli qo’lqop, respirator, paxta - dokali bog’ich, gazniqob.

Joylash: polietilen paketlarga 3 kg dan, polietilen qoplarga 25, 40 kg dan joylanadi. Tashish: iste'molchi bilan kelishishga asosan qoplangan va to’kilgan holda, transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Saqlash: Idishni mexanik shikastlanish, namlanish, ifloslanishdan himoyalaydigan yopiq, quruq omborxonalarda saqlanadi.

Kafolatlangan saqlash muddati: Tayyorlangan kundan boshlab 6 oy. Chakana savdo uchun mo’ljallangan o’g’it uchun kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 2 yil.


 
Bo‘limga qaytish