Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Kas-suyuq azotli o'g'it

Kas-suyuq azotli o'g'it

 SUYUQ AZOTLI O’G’IT (KAS)

TSh 6.3-82:2006 (Код ТН ВЭД 310 280 0000)

Suyuq azotli o’g’it (KAS) - karbamid va ammiakli selitradan iborat bo’lgan suyuq holdagi o’g’itdir. KAS qishloq xo’jaligida mineral o’g’it sifatida qo’llash uchun mo’ljallangan.

KASni qishloq xo’jaligida qo’llash qattiq o’g’itlarga qaraganda o’z afzalliklariga egadir. Ular erkin oquvchanlikka ega bo’lib, chang hosil qilmaydi va yopishib qolmaydi. Namgarchilik va hattoki yomg’ir ham unga yomon ta'sir ko’rsatmaydi. O’g’it tarkibida erkin ammiak mavjud emas, shuning uchun uni shudgor va kultivasiya yuzasiga yoki ekin ekishda ariqlarga solish mumkin. Shuningdek KASni ildiz orqali oziqlantirish uchun qo’llash mumkin.

Ko’rsatkichlar nomi

Azotning jamlangan massa ulushi, %

27,0÷33,0

Karbamid va ammiakli selitra o’rtasidagi massa nisbati

0,5÷0,8

Ishqoriyligi erkin ammiakka qayta hisoblanganda, %

0,05÷0,50

Xavfsizlik talablari: Suyuq azotli o’g’it - yong’inga xavfli hisoblanmaydi va issiqqa chidamlidir. Mahsulot bilan ishlashda yoki undan foydalanishda qo’lqop kiyib olish zarur. Ish paytida ichish, ovqat iste'mol qilish va chekish mumkin emas. Teriga tushganda sovun bilan yuvish kerak. Agarda o’g’it ko’zga tushsa, uni darhol mo’l suv bilan yuvish zarur. Oshqozonga tushganda, kaliy permangantning nim pushti rangli eritmasidan bir necha stakan ichib, qayt qilish kerak. Ish tugatilgandan so’ng, yuz va qo’lni sovun bilan yuvib, og’izni chayish kerak.

Boshqa moddalar bilan aralashtirish qat'iyan man etiladi!

Joylash: temir yo’l va avtomobil sisternalari, 3 dm3 gacha hajmdagi polimer butilkalarga, 5 dm3 gacha hajmdagi kanistralarga, iste'molchilar bilan kelishilgan holda 100 dm3 gacha bo’lgan iste'molchilarning idishlariga joylanadi.

Tashish: temir yo’l sisternalarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Saqlash: quruq, salqin, bolalar qo’li yetmaydigan joylarda, oziq-ovqat mahsulotlaridan uzoqda saqlash zarur.

Kafolatlangan saqlash muddati: 6 oy.

BACK-UZB22.jpg


 
Bo‘limga qaytish