Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Kompleks o’g’it – o’g’itli aralashma

Kompleks o’g’it – o’g’itli aralashma

KOMPLEKS O’G’IT – O’G’ITLI ARALASHMA

Ts 00203068-67:2018 (Код ТН ВЭД 310 520 9000)

Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma, o’simliklarda rux yetishmovchiligida va tanqisligida, ularga ishlov berish uchun qo’llaniladigan maxsus tarkibdir. U kukun holida yoki suvli eritma holida qo’llaniladi.

Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma suvda eriydi va tarkibida uchta asosiy ozuqa elemenlarni: azot, fosfor va kaliyni o’z ichiga oladi. Mikroelement sifatida rux qo’shilgan bo’lib, u asosiy makroelementlarni o’zlashtirilishiga imkon beradi.

Ko’rsatkichlar nomi

Tashqi ko’rinishi

Turli rangdagi fraksiyalar yoki kukun

Umumiy azot (N2), %, kam emas

18

O’zlashtiriladigan P2O5ning massa ulushi, %, kam emas

9

K2O ning massa ulushi, %, kam emas

5

Namlikning massa ulushi, %, ko’p emas

3

Mikroelement ionlari summasi ruxga qayta hisoblanganda (Zn), %, kam emas

1

Xavfsizlik talablari: kompleks o’g’it (o’g’itli aralashma) bilan bog’liq ishlarni shaxsiy himoya choralariga rioya qilgan holda o’tkazish zarur. Eritmalarni tayyorlashda, iste'molchining rezina qo’lqoplarda ishlash tavsiya etiladi. Teriga o’g’it eritmasi tushganda, bu joyni oqar suv bilan yuvish zarur. Ko’zga tushganda, ko’zni mo’l suv bilan yuvish zarur. Oshqozonga tushganda, kaliy permangantning nim pushti rangli eritmasidan bir necha stakan ichib, qayt qilish kerak. Ish tugatilgandan so’ng, yuz va qo’lni sovun bilan yuvib, og’izni chayish kerak.

Joylash: polimer materialli paketlar va qog’oz yoki polietilen qoplarga 1, 3, 5, 10, 25 kg dan joylanadi.

Tashish: transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Saqlash: nam tushishidan himoyalangan yopiq, quruq va toza xonalarda isitish asboblaridan uzoqda, bolalar va hayvonlar tega olmaydigan joyda, oziq - ovqat va dori - darmonlardan alohida saqlanadi.

Kafolatlangan saqlash muddati: 24 oy. Agrokimyoviy yaroqlilik muddati - cheklanmagan.


 
Bo‘limga qaytish