Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Asosiy vazifa – iste’molchi huquqini himoya qilish

Asosiy vazifa – iste’molchi huquqini himoya qilish

IMG_7958.jpgHozirgi kunda Chirchiq shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati a'zolari soni 6 ming nafardan oshib ketgan. Jamiyatning bugungi kunda 4 ta joylarda, ya'ni 1 ta o’quv muassasasi, 1 ta markaziy bozor hamda 2 ta tashkilotda tayanch guruhlari faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan biri bizning korxonamizda faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu tayanch punkti o’z faoliyatini 2010 yilda boshlagan. O’tgan davr mobaynida korxonamizda mehnat qiluvchi ishchi-xizmatchilarning 102 ta murojaatlari o’rganib chiqildi va 34 million so’m iste'molchilarning foydasiga hal etib berildi. Kuni-kecha korxonamizda "Namunali tayanch guruhi" faoliyati bo’yicha taqdimot tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish (IHHQ) jamiyatlari Federasiyasi "Matbuot va axborot" bo’limi boshlig’i Umida Mansurova, Toshkent viloyati IHHQ jamiyatlari hududiy birlashmasi raisi Xayrullo Xodji-Abdullaev, Chirchiq shahar, Bo’stonliq va Qibray tumanlari IHHQ jamiyatlari ijro etuvchi apparati raislari hamda korxonamiz ishchi-xizmatchilari qatnashishdi. 
IMG_7973.jpg
Tadbirda O’zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 414-sonli qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni targ’ibot qilish, aholining huquqiy bilimlarini oshirish, iste'molchilarga ko’rsatilayotgan xizmatlar bo’yicha yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olish, aholining o’z huquq va manfaatlarini himoya qilishda interaktiv usullardan foydalanish bo’yicha faolliklarini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, mutasaddi rahbarlar ishchi-xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarishdi.
 
Back to the list