2024-yilda amalga oshirilgan ishlar
1-yarim yillik
2-yarim yillik
Yillik hisobot

“Maxam-Chirchiq” AJda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozir kunda jamiyatda 1145 nafar yoshlar mehnat qiladi. Bu korxona ishchi-xodimlarning 20 % ni tashkil etadi.
2024-yil davomida yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Zakovat intellektual o‘yini, Yosh kitobxon, Tezyoz hamda turli mavzularda test sinovi viktorinalari o‘tkazildi.
Jamiyat yoshlari o‘rtasida turli mutaxassisliklar bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi va unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlarning daraja-razryadlari oshirildi.
“Ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq 215 nafar yoshlar 141 ta tajribali ustozlarga biriktirish orqali malakalari hamda razryadlari oshirildi.
2024-yilda 171 nafar yoshlar jamiyatning turli lavozimlariga ishga qabul qilingan.