Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

Yangiliklar

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Faol Rux oksidi

Faol Rux oksidi

Faol Rux oksidi

Тs 00203068-29:2015 (Код ТН ВЭД 281 700 0000)

 

Rux-oksid yutkichi chiqindilaridan olinadigan faol rux-oksididir.

Ruxli belila olish va ruxli yutkichni tayyorlash jarayonida foydalaniladi.

Faol rux oksidi o‘zining kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.

 

Ko‘rsatkichlar nomi

Me’yor

Tashqi ko‘rinishi

Oq-kulrang kukun

Ruxni ZnO ga qayta hisoblaganda massa ulushi, %, kam emas

95

Oltingugurtning massa ulushi, %, ortiq emas

1,0

Namlikning massa ulushi, %, ortiq emas

1,0

Qizdirishda yo‘qotishning massasi, %, ortiq emas

2,0

Hajmiy massi kg/dm3, ortiq emas

0,80

 

Xavfsizlik talablari:  Ruxning faol oksidi yonmaydi, portlash xavfiga ega emas.

Yuk ortish-tushirish ishlarida rux oksidining zaharli moddalaridan iborat bo‘lgan changlar ajralib chiqishi mumkin.

Rux oksidi changidan nafas olganda “mahalli lixoradka” ro‘y berishi mumkin. Organizmga tushgan rux oksidi nafas olish yo‘llari va ovqatni hazm qiladigan organlari kasalligini keltirib chiqaradi. Rux oksidining chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi - 0,5 mg/m.

Joylash: Faol rux oksidi GOST 17811 bo‘yicha polietilen qoplarga, polietilen vkladishli polipropilen qoplarga, laminatsiyalangan polipropilen qoplarga yoki normativ-texnik hujjatlar bo‘yicha yumshoq konteynerlarga joylanadi.

Tashish: faol rux oksidi transportning barcha turlaridagi yopiq transport vositalarida, har bir transport turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

GOST 14192 bo‘yicha tashish markirovkasi, “Namlikdan saqlansin” manipulyatsion belgi.

Saqlash: faol rux oksidi tayyorlovchi-korxona va iste’molchining toza, quruq xonalarida saqlanishi kerak.

Saqlashning kafolatlangan muddati: faol rux oksidi (faqat yetkazib beruvchining idishida) saqlash shartlariga rioya qilinganda partiya ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2-yil deb belgilanadi.

 


 
Bo‘limga qaytish