Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Yoqadi sizga sayt?

    Xa

     13 (81%)

     

    Yoq

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Ammoniy sulfat

Ammoniy sulfat

AMMONIY SULFAT (NH4)2SO4

ГОСТ 9097-82 (Код ТН ВЭД 310 221 0000)

Ammoniy sulfat o’g’iti - tarkibi ammoniy shaklidagi 21% azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo’lgan, o’simliklarni oziqlanishi uchun muhim bo’lgan o’g’itdir. U ozgina gigroskopik bo’lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib ketmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko’rinishi jihatidan ammoniy sulfat - oq yoki nimrangli kristall holdagi kukun bo’lib, och sariq va pushti rangda ham bo’lishi ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat ozuqa sifatida qo’llaniladi. Bu o’g’itni nafaqat bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning ammoniyli azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.

Ko’rsatkichlar nomi

Tashqi ko’rinishi

Oq yoki shaffof kristallar

Azotning massa ulushi quruq moddaga qayta hisoblanganda, %, kam emas

21

Suvning massa ulushi, %, ko’p emas:

donadorlangan

kristall holda

0,6

0,2

Erkin sulfat kislotaning massa ulushi, %, ko’p emas:

donadorlangan

kristall holda

0,5

0,03

Granulometrik tarkibi donadorlangan o’g’it uchun:

- 1-4 mm, %, kam emas

Kristall holdagi uchun:

- 0,5 mm dan ortiq, %, kam emas

- elakdagi qoldig’i 6 mm

90

80

yo’q

Sochiluvchanligi, %, kam emas

100

Xavfsizlik talablari: ammoniy sulfat - yonmaydigan modda.

Joylash: polipropilenli qoplarga 25, 40 i 50q1 kg.dan joylanadi.

Tashish: to’kilgan va qadoqlangan holda tashiladi.

Saqlash: mahsulotni namlanishdan saqlaydigan omborxonalarda saqlanadi.

Kafolatlangan saqlash muddati - tayyorlangan kundan boshlab 6 oy. Chakana savdo uchun ammoniy sulfatning kafolatlangan saqlash muddati - tayyorlangan kundan boshlab 12 oy. Agrokimyoviy yaroqlilik muddati - cheklanmagan.


 
Bo‘limga qaytish