KAS ASOSIDAGI UNIVERSAL OZUQA ERITMALAR
Ts 00203068-01:2013 (TIF TN kodi 3102 90 0000)
Universal ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, KAS- azot-fosfor- kaliy asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir. UOE KAS-FK ni olish uchun asosiy xomashyo bo’lib, KAS, ammofos va kaliy xlorid hisoblanadi.
KAS-FK asosidagi UOE fizik - kimyoviy ko’rsatkichlar bo’yicha quyidagi jadvalda ko’rsatilgan me'yorlarga mos kelishi kerak
Ko’rsatkichlar |
KAS-FK marka uchun me'yor |
Tashqi ko’rinishi
|
Rangsiz yoki xiyol bo’yalgan suyuqlik |
Ozuqa azotning jamlangan massa ulushi, %, kam emas |
25 |
Umumiy fosfatlarning massa ulushi, %, chegarasida |
0,2 – 0,5 |
Kaliyning massa ulushi K2O ga qayta hisoblanganda, %, kam emas |
4 |
Joylash: zanglamaydigan temir yo’l yoki avtomobil sisternalariga, shuningdek kanistra yoki 500 dm3 gacha hajmdagi boshqa idishlarga quyiladi.
Xavfsizlik talablari: zaharsiz suyuqlik, lekin uzoq ta'siri natijasida terining bezovtalanishini keltirib chiqaradi. Eritma teriga tushganda shikastlangan joyni suv bilan yuvish kerak. Ko’zga tushganda, ko’zni mo’l suv bilan yuvish, eritma bilan ho’llangan kiyimni almashtirish zarur. Universal ozuqa eritmalar issiqqa chidamli va yong’in xavfi yo’q moddadir.
Tashish: zanglamaydigan temir yo’l yoki avtomobil sisternalarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Saqlash: UOE KAS-FK - oldin saqlangan boshqa mahsulotlardan bo’shatilgan, ularga chang, yog’inlar tushishini va o’g’it tarkibini o’zgarishini oldini olish maqsadida tuynuklari zich yopilgan holda zanglamaydigan po’latli yig’gichlarda saqlanadi.
Kafolatlangan saqlash muddati: Tayyorlangan kundan boshlab 6 oy.