Texnikaviy magniy sulfat - tarkibida 9% gacha magniy bo’lgan o’g’itdir. Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, yaxshi sochiladi. Magniy o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o’simliklar tomonidan uning o’zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar tusga kirishini va o’simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy o’g’itini qo’llash zarur.
Suyuq azotli o’g’it (KAS) - karbamid va ammiakli selitradan iborat bo’lgan suyuq holdagi o’g’itdir. KAS qishloq xo’jaligida mineral o’g’it sifatida qo’llash uchun mo’ljallangan.
Ammoniy sulfat o’g’iti - tarkibi ammoniy shaklidagi 21% azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo’lgan, o’simliklarni oziqlanishi uchun muhim bo’lgan o’g’itdir. U ozgina gigroskopik bo’lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib ketmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko’rinishi jihatidan ammoniy sulfat - oq yoki nimrangli kristall holdagi kukun bo’lib, och sariq va pushti rangda ham bo’lishi ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat ozuqa sifatida qo’llaniladi. Bu o’g’itni nafaqat bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning ammoniyli azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.
Kaliy sulfat- tarkibida kaliy miqdori 48% dan kam bo’lmagan yuqori samarali konsentrlangan kaliyli o’g’itdir. Kaliy sulfat qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan.
Universal ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, KAS- azot-fosfor- kaliy asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir. UOE KAS-FK ni olish uchun asosiy xomashyo bo’lib, KAS, ammofos va kaliy xlorid hisoblanadi.
Universal ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, tarkibida azot - kaliyli, azot -fosforli, azot - fosfor- kaliyli o’g’itlar mavjud bo’lgan ammiakli selitra eritmasi asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir.