Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Modernizasiya

2004-2007-yillarda mahsulot hajmini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator ishlar bajarildi. Kimyo sanoati korxonalarining 2007-2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash Dasturiga binoan “Maksam-Chirchiq” OAJda uchta yirik loyihani amalga oshirish belgilangan.


2009-yilgacha davrda AM-76 ammiak yirik tonnajli agregatini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. Ushbu loyihaning maqsadi - texnologik uskunalar va asboblarni yangilash va buning natijasida ammiak ishlab chiqarishini yiliga 243.8 ming tonnadan 420 ming tonnagacha oshirishdir.


2009-2011-yillar davrida karbamid ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash. Loyihaning maqsadi – karbamid ishlab chiqarishini yiliga 270 ming tonnagacha oshirishdir.


AK-72 i AK-72M nitrat kislota ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash. Loyihaning maqsadi – korxonada ammiakli selitra ishlab chiqarishini nitrat kislota bilan barqaror ta’minlash va kislotani eksportga yetkazib berishdir.


Bundan tashqari, quvvati yiliga 60 ming tonna bo‘lgan kichik zichlikdagi ammoniy nitratni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi sex qurilishi belgilangan.