Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangiliklar

E'LON

10 Oktyabr 2024г.

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Faoliyat sohasi

                                                                   JAMIYATNING MAQSADI VA FAOLIYATI MAZMUNI

Maqsadi. Jamiyatning asosiy maqsadi —  daromad olish maqsadida xo‘jalik faoliyatini olib borish uchun Aksiyadorlarning iqtisodiy manfaatlari, intellektual imkoniyatlari, moddiy, nomoddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini birlashtirishdir.

Faoliyati mazmuni. Jamiyat faoliyatining asosiy mazmuni quyidagilar:

- mahsulot ishlab chiqarish va uni ichki hamda tashqi bozorda sotish, mahsulotni dunyo bozori narxlarida erkin almashtiriladigan valyutada chet ellarga sotish;

- ta’mirlash-qurilish ishlari, kapital qurilishlarni o‘tkazish;

- sanoat ob’ektlarini loyihalash;

- yuklarni temir yo‘l orqali tashish, yuklar va yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan Jamiyatning ishlab chiqarish-texnik va texnologik qayta jihozlash hamda uning eksport bazasini rivojlantirish maqsadida turli xalqaro hamkorliklarda ishtiroq etish;

- savdo va vositachilik ishlarni, shu jumladan vositachilik va tovarlarni dekloratsiya qilish  xizmatlarini olib borish;

- ulgurji va chakana savdo;

- qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash va sotish;

- firma dokonlarini va umumiy ovqatlanish joylarini ochish;

- kimyoviy va karbonat-kislotali o‘t o‘chirgichlarni ishlab chiqarish va to‘ldirish, hamda yong‘inga qarshi choralarni amalga oshirish;

- ishlatilgan katalizatorlardan qimmatbaho metallarni olish, rangli metall va ularning tuzlarini olish maqsadida katalizatorlarni qayta ishlash;

- mahalliy telefon aloqalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, radiotelefon aloqalari ko‘chma tarmog‘idan foydalanish; 

- matbaa faoliyati;

- Jamiyat xodimlari va ularning oila a’zolari uchun sog‘lomlashtirish dam olish uylarini tashkil etish;

- turizm;

- aholiga pullik xizmat ko‘rsatish;

- ishlab chiqarish quvvatlari va texnologiyalardan foydalanish hamda ularni takomillashtirish;

- Jamiyat Faoliyati bandida keltirilgan asosiy maqsadlarga tegishli bo‘lgan, qonunga zid bo‘lmagan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

Jamiyat faoliyati davomida  o‘z maqsadlariga erishish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qonunchilik hujjatlariga va ushbu Ustavga binoan boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi.  Litsensiya asosida amalga oshiriladigan faoliyat turlari.

Jamiyatning xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan qat’iy va to‘liq amalga oshiriladi. Agar ayrim faoliyatni amalga oshirish uchun davlat organlaridan ruxsatnoma yoki lizensiya olinsa, unda Jamiyat unday faoliyatni amalga oshirmaydi.

Aksiyadorlar bilan bitimlar tuzish. Aksiyadorlik shartnomalarini inobatga olib, Jamiyat va aksiyadorlar hamda ularga aloqador shaxslar orasida g‘arazli harakatlar bo‘lmasligi kerak. Ular orasidagi faoliyatlar yozma shartnomalar tuzish asosida olib boriladi.

Xalqaro sifat. Mahsulotlarni xalqaro standartlarga keltirish uchun Jamiyat tegishli ravishda tartib va qoidalarni joriy etadi. Ular mos ravishdagi sifatni ta’minlashi va ushbu mahsulotlarni jahon bozorlarida sotilishiga imkon yaratishi zarur.