AMMIAKLI SELITRA NH4NO3
Kaltsiy va magniy qo‘shimchali
GOST 2-2013 (TIF TN kodi 310 230 9000)
Ammiakli selitra - yarmi g’arakatchan, tez o’zlashadigan nitrat shaklidagi va yarmi sekin g’amda davomli ta'sir etuvchi ammiak shaklidagi, tarkibi 34,4 % azotdan iborat bo’lgan universal azotli o’g’itdir. O’g’it - o’simliklar tomonidan to’liq va tezda o’zlashtiriladi, u turli qishloq xo’jalik ekinlariga keng ta'sir etadi. Selitra ikkita markada ishlab chiqariladi: "A" - sanoatda xomashyo sifatida, shuningdek oddiy portlovchi moddalarni tayyorlashda va "B" - qishloq xo’jaligida foydalaniladi.
«Maxam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitraga brusit kimyoviy mahsuloti qo‘shimcha ravishda qo‘shiladi. Bundan asosiy maqsad esa mahsulotning mexanik qattiqligini, uzoqroq saqlanishini ta’minlash, hamda ammiakli selitradagi erkin namlikni ushlab qolishdir. Shuningdek, brusit qo‘shilishi natijasida mahsulot donadorligi ta`minlanadi, donalarning qotib qolishining va maydalanishining oldi olinadi. Qo‘shimcha ravishda mahsulot tarkibida kaltsiy va magniy makroelementlari hosil bo‘ladi. Bu elementlar azotning yo‘qolmasligi hamda o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtirishiga xizmat qiladi va ekinlarning o‘zini tutib olishiga, poyasining mustaxkam bo‘lishiga hosilning holati va ta’miga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Azotning o‘simliklarga ta’siri
Azot o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Avvalo, u vegetativ massaning o‘sishini tartibga solishga yordam beradi, o‘simliklar metabolizmini yaxshilaydi, hamda hosildorlikni oshiradi. Makroelement poya va barglarning ishlashida muhim rol o‘ynaydi. Azot eng faol tarzda ekinlarning poyasi va barglari rivojlanayotgan davrda o‘zlashtiriladi. Ma’lumki, tuproqda azot yetishmasa, ekinlar o‘sishda orqada qoladi, barglari sarg‘ayib, mayda bo‘lib qoladi.
Kaltsiyning o‘simliklarga ta’siri
Kaltsiy o‘simlik ichida sodir bo‘ladigan ko‘plab metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. U hujayra devorlarining tuzilishini yaxshilash, hujayralarning bo‘linishi uchun zarurdir. Kaltsiy uglevodlar va oqsil moddalar almashinuviga ham bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Kaltsiyga bo‘lgan ehtiyoj o‘sishning dastlabki bosqichlarida namoyon bo‘lib, u ekinlar o‘zini tutib olishi uchun zarurdir. Kaltsiy hujayra devorlarining tarkibiga kiradi. Kaltsiy suv muvozanatini tartibga soladi, tuproq kislotalarini bog‘laydi, o‘simliklarning ildiz tizimining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, tuproqdagi ko‘plab birikmalarning eruvchanligini yaxshilaydi.
Magniyning o‘simliklarga ta’siri
Magniy o‘simliklar uchun eng muhim oziqlantiruvchi moddalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun o‘simliklarning o‘sish davrida to‘g‘ri oziqlantirish juda muhim. Azot, fosfor va kaliydan keyin magniy o‘simliklarning muhim oziq moddalarga kiradi. Bunday holda magniy bosh rol o‘ynaydi, chunki u xlorofil hosil bo‘lishi uchun zarur. Magniysiz o‘simlik fotosintezni bajara olmaydi. Magniy tabiiy ravishda bog‘ tuprog‘ida mavjud. O‘rtacha og‘ir va og‘ir tuproqlarga qaraganda yengil, qumli va kislotali tuproqda kamroq bo‘ladi. Shunday qilib yengil va kislotali tuproqlarda magniy ko‘pincha yetarli emas.Bundan tashqari yog‘ingarchilik va sug‘orish har yili 1 kvadrat metr bog‘ tuprog‘idan tahminan 4 grammdan 8 grammgacha magniyni olib tashlaydi va o‘simliklar tuproq magniyini boshqa oziq moddalar bilan bir qatorda o‘zlashtiradi. O‘sish jarayonida va quruq davrda o‘simliklarning magniyga bo‘lgan ehtiyoji eng yuqori hisoblanadi.
- Magniy makroelementi ayniqsa quyidagi o‘simliklarga mos keladi:
- Don va boshoqli ekinlar;
- Kartoshka;
- Soya va boshqa dukkaklilar;
- Sabzavot ekinlari;
- Mevali daraxtlar.
O‘simliklarda magniy yetishmovchiligi belgilari quyidagilar:
- Barglarning yuzasida quyuq jigarrang tusdagi dog‘lar paydo bo‘ladi.
- Qisqa vaqt ichida o‘simliklarning pastki barglari sariq rangga ega bo‘ladi.
- Eski barglar naychaga o‘raladi va to‘kiladi.
«А» MARKALI AMMIAKLI SELITRA
Ko’rsatkichlar nomi |
А OKP 21 |
Nitratli va ammoniyli azotning jamlangan massa ulushi quruq moddadagi NH4NO3 ga qayta hisoblanganda, %, kam emas |
98 |
Kalsiy va magniy qo’shimchalari bo’lgan nitratlarning massa ulushi, %, ko’p emas |
0,3 |
Nitrat kislotaning 10 % eritmasida erimaydigan moddalarning massa ulushi, %, ko’p emas |
0,2 |
Granulometrik tarkibi: - 1 dan 3 mm gacha, %, kam emas - 1 dan 4 mm gacha, %, kam emas - 2 dan 4 mm gacha, %, kam emas - 1 mm dan kam, %, ko’p emas - 6 mm dan ko’p, % |
93 Me’yorlanmagan Me’yorlanmagan 4 0,0 |
10 %-suvli eritmaning pH, kam emas |
5,0 |
Donalarning statik chidamliligi, N/ donaga (kg/donaga), kam emas |
5 (0,5) |
Sochiluvchanligi, %, kam emas |
100 |
Ko’rsatkichlar nomi |
Oliy nav |
1-nav |
2-nav |
Nitratli va ammoniyli azotning jamlangan massa ulushi quruq moddadagi azotga qayta hisoblanganda, %, kam emas |
34,4 |
34,4 |
34,0 |
Suvning massa ulushi, %, ko’p emas: - sulfati sulfat-fosfatli qo’shimchalar bilan - kalsiy va magniy qo’shimchalari bilan |
0,2 0,3 |
0,2 0,3 |
0,3 0,3 |
Nitrat kislotaning 10 % eritmasida erimaydigan moddalarning massa ulushi, %, ko’p emas |
Me’yorlanmagan |
Me’yorlanmagan |
Me’yorlanmagan |
Granulometrik tarkib: - 1 dan 3 mm gacha, %, kam emas - 1 dan 4 mm gacha, %, kam emas - 2 dan 4 mm gacha, %, kam emas - 1 mm dan kam, %, ko’p emas - 6 mm dan ko’p, % |
Me’yorlanmagan 95 80 3 0,0 |
Me’yorlanmagan 95 50 3 0,0 |
Me’yorlanmagan 95 Me’yorlanmagan 4 0,0 |
10 %-suvli eritmaning pH, kam emas |
5,0 |
5,0 |
5,0 |
Donalarning statik chidamliligi, H/ donaga (kg/donaga), kam emas kalsiy va magniy qo’shimchalari bilan |
8 (0,8) |
7 (0,7) |
5 (0,5) |
Sochiluvchanligi, %, kam emas |
100 |
100 |
100 |
«B» MARKALI AMMIAKLI SELITRA
Xavfsizlik talablari: ammiakli selitra xavfi kam bo’lgan moddalar qatoriga kiradi, oksidlovchi hisoblanadi hamda yong’in xavfi bor. Inson organizmiga ta'siri bo’yicha xavflilikning 4-sinfiga taalluqlidir.
Mahsulot polipropilenli qoplarga 50q1 kg dan qoplanadi.
To’kilgan va qadoqlangan holda tashiladi.
Saqlash: boshqa material va moddalardan alohida, mahsulotni namlanishidan saqlaydigan yopiq, quruq va toza omborlarda saqlanadi.
Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 6 oy.