Qatronlar faner ishlab chiqarishda, mebel qismlarini, duradgorlik-qurilish buyumlarini yopishtirishda, quyma sterjen va qoliplar tayyorlashda, tuproqlarni mustahkamlashda hamda qog’oz va gazlamalarga ishlov berishda pressmateriallar, qatlamli plastiklar, penoplastlar, yelimlar, qoplamalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
«КС-11» qatron mineral-paxta buyumlarini ishlab chiqarishda bog’lovchi sifatida hamda boshqa maqsadlarga mo’ljallangan. «КС-11» qatron yarimkondesatli karbamid va formaldegidli mahsulotni ifodalaydi.