SUVDA ERUVCHAN XLORSIZ KOMPLEKS O‘G‘IT NPKS
Ts 00203068-81:2020 (TIF TN kodi 310 510 0000)
Suvda eriydigan xlorsiz kompleks o‘g‘it NPKS ekishdan oldin tuproqqa sepish uchun ham, urug‘larni ekish oldidan ishlov berish uchun issiqxonalar va ochiq yerga sepish orqali ishlatiladi.
Suvda eruvchan xlorsiz murakkab o‘g‘it NPKS tarkibida azot, fosfor, kaliy va oltingugurt kabi asosiy oziq moddalar mavjud.
Suvda eriydigan xlorsiz kompleks o‘g‘it NPKS fizikaviy va kimyoviy xossalari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan talab va me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Me’yor
|
Tashqi ko‘rinishi
|
Oq rangdan kul ranggacha bo‘lgan kukun yoki mayda kristallar
|
Ammoniy azot massa ulushi ( N-NH4+), %, kam emas
|
17 |
Fosfatlarning P2O5,%,ga qayta hisoblanganda massa ulushi, kam emas
|
11 |
K2O, %,ning massa ulushi kam emas
|
9 |
Sulfat ionlarining massa ulushi a (SO42-), %, kam emas yoki oltingugurtga qayta hisoblanganda , % kam emas
|
40 13
|
Namlikning massa ulushi , %,ko‘p emas
|
1
|
Xavfsizlik talablari: NPKS o‘g‘itlarini ishlab chiqarish va qadoqlash uchun mo‘ljallangan binolar ta’minot va chiqindi ventilyatsiyasi bilan ta’minlanishi kerak. NPKS o‘g‘itlari bilan ishlash shaxsiy himoya choralariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Eritmalar tayyorlashda iste’molchiga rezina qo‘lqop kiyish tavsiya etiladi. Boshqa moddalar bilan aralashtirish qat’iyan man etiladi!
Kompleks o‘g‘it bilan ishlash paytida chekmang, ovqatlanmang yoki ichmang.
Agar o‘g‘it teriga tegsa, u joyni ko‘p suv bilan yuvib tashlang.
Agar u oshqozonga kirsa, kaliy permanganatning bir oz pushti eritmasidan bir necha stakan iching, qusib tashlang. Ishdan keyin yuzingizni va qo‘llaringizni sovun bilan yuving, og‘zingizni chaying.
Joylash: 100 g, 150 g, 250 g, 300 g, 500 g, (1, 3, 5, 10) kg og‘irlikdagi NPKSo‘g‘itlari polietilen paketlarga va qog‘oz, polietilen paketlarga qadoqlanadi. Shuningdek, transport tarasiga kimyoviy mahsulotlar uchun mo‘ljallangan gofro tarali qutilarga.NPKS kompleks o‘g‘itlarining harorati - qadoqlashdan oldin ortiqcha 30 ° C dan oshmasligi kerak.
Tashish: NPKS o‘g‘itlari transportning barcha turlarida, har bir transport turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi
Saqlash NPKS o‘g‘itlarini yopiq, quruq va toza binolarda saqlash tavsiya etiladi - namlik kirib ketishidan himoyalangan, isitish moslamalari bo‘lmagan, bolalar va hayvonlar kira olmaydigan, oziq-ovqat va dori-darmonlardan alohida. Saqlash harorati 0 ° C dan +30 ° C gacha va havoning nisbiy namligi 75% dan oshmaydi.NPKS o‘g‘itini saqlash va tashish boshqa materiallar va moddalardan alohida amalga oshiriladi.
Kafolatlangan saqlash muddati – tayyorlangan kundan boshlab 24 oy.
O‘simliklarga elementlarning ta’siri va ahamiyati.
AZOT (N)
Azot – o‘simliklarning moddalar almashinuvida muhim o‘rin tutadigan modda deb hisoblanadi, shuningdek organik azotli birikmalar, oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, xlorofillar, alkaloidlar, ko‘p turdagi vitaminlar va boshqa moddalar tarkibiga kiradi.
O‘simlik jadal o‘sish davrida, hamda vegetativ a’zolari (shox va barg) hosil bo‘lish jarayonida azotni ko‘p miqdorda qabul qiladi va o‘zlashtiradi.
O‘simliklarga ta’siri. Azot bilan ta’minlanganlik o‘sish jarayonini, o‘simlikdagi oqsil va boshqa azotli organik birikmalar sintezining hajmi va intensivligini belgilaydi. Azot yetishmovchiligi ayniqsa vegetativ a’zolarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Fotosintezlovchi apparat - barg va shoxning azot yetishmovchiligi natijasida kuchsiz rivojlanishi, o‘z navbatida, hosil beruvchi organlarning shakllanishini cheklaydi va hosildorlikning pasayishi va mahsulotdagi oqsilning kamayishiga olib keladi.
Azot tanqisligi. Asosiy belgilari: xlorofillning hosil bo‘lishidagi buzilishlar natijasida vegetativ a’zolarning o‘sishi sustlashishi va och-yashil yoki sarg‘ish-yashil barglarning hosil bo‘lishi.
Azot ko‘pligi. Azot bilan ortiqcha ta’minlanish vegetativ massaning ortib ketishiga, hosilning kamayishi va sifatining yomonlashishiga olib keladi. Qand lavlagining tarkibida shakar konsentratsiyasi pasayib, shakar olish jarayonida “zararli” nooqsil azotning ko‘payishiga, kartoshkadagi kraxmalning kamayishiga, sabzavot va poliz ekinlarida inson va hayvonlar uchun zararli nitratlarning yig‘ilishiga olib keladi.
FOSFOR (F)
O‘simliklarga ta’siri. Fosforning organik birikmalari orasida murakkab, ko‘p molekulali, azotli asoslardan tashkil topgan, uglevodlar (riboza va dezoksiriboza) va fosforli kislotadan iborat - nuklein kislotalar o‘simliklar hayotida muhim o‘rin egallaydi. Fosfor oqsil-lipidli hujayralar hosil qiluvchi, hamda turli moddalar singishini nazorat qiluvchi fosfatidlar (fosfoglitseridlar) tarkibiga kiradi. O‘simlikdagi fosforning ko‘p qismi fitin, undan tashqari vitamin va turli fermentlar takribida bo‘ladi.
Fosfor o‘simlikdagi quvvat almashinuvi va boshqa turli modda almashinuvi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. U uglevod va azot almashinuvida, fotosintez, nafas olish,hamda organik moddalarning fermentlarga bo‘linish jarayonida ishtirok etadi.
Fosfor tanqisligi. O‘simliklar yosh davrida, ya’ni ularning ildiz tizimi yetarli darajada rivojlanmasdan, kam o‘zlashtirish xususiyatiga ega davrida fosfor tanqisligini sezadi. Ushbu davrdagi tanqislikning salbiy ta’siri, keyinchalik ko‘p miqdorda fosfor bilan oziqlantirish jarayonida ham to‘g‘rilanmaydigan vaziyatni keltirib chiqaradi. Shuningdek, reproduktiv a’zolarning shakllanishi davrida ham fosforli oziqlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu davrdagi fosfor tanqisligi rivojlanishni to‘xtatib, hosil yetilishini sekinlashtiradi, hosildorlikning kamayishiga va hosil sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Fosfor tanqisligida o‘simliklar o‘sishi tezda qisqarib, ularning barglari (avval chetidan, so‘ngra butun yuzasi bo‘ylab) kulrang-yashil yoki qizg‘ish-binafsharang tus oladi. Donli ekinlarda to‘planish va don poyalarining hosil bo‘lishi kamayadi.
KALIY (K)
Kaliy-o‘simlikning asosiy rivojlanish jarayonlarining boshqaruvida qatnashib, ular hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Shu jumladan: fermentlar faoliyatini oshiradi, fotosintez jarayonida ishtirok etadi, o‘simlik to‘qimalaridagi moddalarning almashinuvini boshqaradi, uglevod va oqsil almashinuvida ishtirok etadi, o‘simlikdagi suv balansini boshqaradi, o‘simliklarning stresslarga, jumladan sovuqqa, qurg‘oqchilikka, pestitsidlarga va kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
O‘simliklarga ta’siri. Kaliy o‘simliklarda turli fiziologik funksiyalarni bajaradi. U sitoplazma kalloidlarining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning suvlanishini ko‘paytiradi, bo‘rtishi va yopishqoqligini oshiradi, bu esa hujayralardagi moddalar almashinuvini yaxshilashga, hamda o‘simlikning qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishga ta’sir etadi.
Kaliy tanqisligi ayrim metabolik jarayonlarning buzilishiga olib keladi, natijada hosildorlikning kamayishi va sifatning yomonlashishi yuzaga keladi. Kaliy o‘simliklarning sovuqqa chidamliligini, hujayralardagi osmatik bosimning ko‘payishi va ular tarkibidagi shakarning ko‘tarilishi hisobini oshiradi.
Kaliy bilan etarli oziqlanishda o‘simliklarning kasalliklarga bardoshligi, masalan donl io‘simliklarda “muchnistaya rosa” va zang kasalliklariga, sabzavotlar va kartoshkada mog‘or qo‘zg‘atuvchilariga qarshiligi oshadi.
Kaliy poyalarning mustahkamligini, o‘simlikning yotib qolishga chidamliligini, zig‘ir va kanop tolasi miqdorini va sifatini oshiradi.
OLTINGUGURT (S)
Oltingugurt o‘simliklar hayotida muhim o‘rin tutadi. Uning asosiy qismi o‘simlik oqsillarida mavjud: aminokislotalar va organik birlashmalar - fermentlar, vitaminlar, yog‘lar tarkibiga kiradi. Oltingugurt o‘simliklardagi azot va uglevodlar almashinuvida, nafas olish va yog‘larni sintez qilishda ishtirok etadi.
O‘simliklarga fiziologik ahamiyati bo‘yicha oltingugurtni azot va fosfordan keyin uchinchi o‘ringa qo‘ysa bo‘ladi. Bir qator rossiyalik va chet ellik olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, donli ekinlarda ko‘pincha uchraydigan oltingugurt tanqisligi ishlab chiqaruvchilar tomonidan azot tanqisligi sifatida qabul qilinar ekan.
Oltingugurt mahsulotning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi - bug‘doydagi kleykovina foizining ortishiga ko‘mak bo‘ladi, kungaboqar va soyadagi yog‘ miqdorini ko‘paytiradi.
Oltingugurt tanqisligi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi yomonlashib, uzun shoxlarda mayda, och sariq tusli barglar hosil bo‘ladi. Bug‘doydagi tajribalardan ma’lumki, vegitatsiya davridagi oltingugurt tanqisligi fotosintezning kamayishi, hosildorlik va don sifati kamayishini keltirib chiqaradi.
Oltingugurt ko‘pligida barglar chetidan sarg‘ayib borib, ichki tomoniga o‘ralib qoladi, so‘ngra to‘q tus rang olib rivojlanmaydi.