Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid

Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid

Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid

Ts 00203068-74:2018 (TIF TN kodi 310 210 1000)

 

Qishloq xo‘jaligi va chakana savdo uchun o‘g‘it sifatida mo‘ljallangan magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid.

O‘simliklarga elementlarning ta’siri va ahamiyati.

AZOT (N)

            Azot – o‘simliklarning  moddalar almashinuvida muhim o‘rin tutadigan modda deb hisoblanadi, shuningdek organik azotli birikmalar, oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, xlorofillar, alkaloidlar, ko‘p turdagi vitaminlar va boshqa moddalar tarkibiga kiradi. O‘simlik jadal o‘sish davrida, hamda vegetativ a’zolari (shox va barg) hosil bo‘lish jarayonida azotni ko‘p miqdorda qabul qiladi va o‘zlashtiradi.

            O‘simliklarga ta’siri. Azot bilan ta’minlanganlik o‘sish jarayonini, o‘simlikdagi oqsil va boshqa azotli organik birikmalar sintezining hajmi va intensivligini belgilaydi. Azot yetishmovchiligi ayniqsa vegetativ a’zolarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Fotosintezlovchi apparat - barg va shoxning azot yetishmovchiligi natijasida kuchsiz rivojlanishi, o‘z navbatida, hosil beruvchi organlarning shakllanishini cheklaydi va hosildorlikning pasayishi va mahsulotdagi oqsilning kamayishiga olib keladi.

Azot tanqisligi.  Asosiy belgilari: xlorofillning hosil bo‘lishidagi buzilishlar natijasida vegetativ a’zolarning o‘sishi sustlashishi va och-yashil yoki sarg‘ish-yashil barglarning hosil bo‘lishi.

            Azot ko‘pligi. Azot bilan ortiqcha ta’minlanish vegetativ massaning ortib ketishiga, hosilning kamayishi va sifatining yomonlashishiga olib keladi. Qand lavlagining tarkibida shakar konsentratsiyasi pasayib, shakar olish jarayonida “zararli” nooqsil azotning ko‘payishiga, kartoshkadagi kraxmalning kamayishiga, sabzavot va poliz ekinlarida inson va hayvonlar uchun zararli nitratlarning yig‘ilishiga olib keladi.

MAGNIY (Mg)

            Magniy o‘simliklar uchun eng muhim oziqlantiruvchi moddalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun o‘simliklarning o‘sish davrida to‘g‘ri oziqlantirish juda muhim. Azot, fosfor va kaliydan keyin magniy o‘simliklarning muhim oziq moddalarga kiradi. Magniysiz  o‘simlik  fotosintezni bajara olmaydi. Magniy tabiiy ravishda bog‘ tuprog‘ida mavjud. O‘rtacha og‘ir va og‘ir tuproqlarga qaraganda yengil, qumli va kislotali tuproqda kamroq bo‘ladi. Shunday qilib yengil  va kislotali tuproqlarda magniy ko‘pincha yetarli emas.Bundan tashqari yog‘ingarchilik va sug‘orish har yili 1 kvadrat metr bog‘ tuprog‘idan tahminan 4 grammdan 8 grammgacha magniyni olib tashlaydi va o‘simliklar tuproq magniyini boshqa oziq moddalar bilan bir qatorda  o‘zlashtiradi. O‘sish jarayonida va quruq davrda o‘simliklarning magniyga bo‘lgan ehtiyoji eng yuqori hisoblanadi.

Magniy makroelementi ayniqsa quyidagi o‘simliklarga mos keladi:

-          Don va boshoqli ekinlar;

-          Kartoshka;

-          Soya va boshqa dukkaklilar;

-          Sabzavot ekinlari;

-          Mevali daraxtlar.

O‘simliklarda magniy yetishmovchiligi belgilari quyidagilar:

-          Barglarning yuzasida quyuq jigarrang tusdagi dog‘lar paydo bo‘ladi.

-          Qisqa vaqt ichida o‘simliklarning pastki barglari sariq rangga ega bo‘ladi.

-          Eski barglar naychaga o‘raladi va to‘kiladi.

 

Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid, o‘zining fizika-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan talablarga mos bo‘lishi kerak!

Ko‘rsatkichlar nomi

Me’yor

Tashqi ko‘rinishi

 

Oq rangdagi yoki ozgina bo‘yalgan donalar yoki kristallar

Azotning quruq moddaga qayta hisoblanganda massa ulushi, %, kam emas

46,0

Biuretning massa ulushi, %, ortiq emas

1,4

Suvning massa ulushi, %, ortiq emas:

gigroskopik

umumiy

 

0,3

0,5

Sochiluvchanligi, %

100

Granulometrik tarkibi, %:

donalarning massa o‘lchami, mm:

1 dan 4 gacha, kam emas

2 dan 4 gacha, kam emas

1dan kam, ortiq emas

elakdagi qoldiq 6 mm

 

 

94

70

3

yo‘q

Donalarning statik mustahkamligi, MPa (kgf/cm2), kam emas

yoki 1 donaga qayta hisoblaganda, N ,(kgf), kam emas

1,4(14)

7 (0,7)

Magniy sulfatning massa ulushi (MgSO4), %, kam emas

0,02

 

Xavfsizlik talablari: magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid me’yoriy sharoitlarda yonmaydi, yong‘in va portlash xavfi yo‘q.

Odamning organizmiga ta’siri darajasi bo‘yicha xavflilikning mo‘tadil xavfli moddalar 3-sinfga kiradi.

Joylash: mahsulot 50±1 kg dan ortiq bo‘lmagan polipropilen qoplarga, 1 t gacha big-beglarga joylashtiriladi.

Saqlash: mahsulot yopiq, astoydil shamollatiladigan, atmosfera yog‘inlaridan himoyalangan omborxonalarda saqlanishi kerak.

Tashish:  to‘kilgan va joylashtirilgan holda transportning barcha turlarida,  har bir transport turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi

Saqlashning kafolatlangan muddati: tayyorlangan kundan boshlab 6 oy.


 
Bo‘limga qaytish