Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

MAGNIY NITRAT

Magniy nitrat

MAGNIY NITRAT

Ts 00203068-73:2018 (TIF TN kodi 310 290 0000)

 

Azot-magniy to‘liq suvda eriydigan o‘g‘itdir.

Issiqxona va ochiq tuproqda sug‘orishda va ildizdan tashqari o‘g‘itlash uchun qo‘llaniladi.

Kimyoviy formulasi   -  Mg(NO3)2 * 6N2O.

 

Magniy nitrat fizika-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan talablar va me’yorlarga mos bo‘lishi kerak:

 

Ko‘rsatkichlar nomi

 

Me’yor

 

 Tashqi ko‘rinishi

Kristallar yoki sariq  tusli oq rangdagi  kukun

6-suvli magniy nitratning massa ulushi [Mg(NO3)2 * 6N2O], %, kam emas

(MgO) magniy oksid massa ulushiga qayta hisoblaganda,  %, kam emas

93

14,5

Nitratli azotning massa ulushi (N-NO3), % kam emas

10,0

Suvda erimaydigan qoldiqning massa ulushi, %, ortiq emas

1,5

Xlorid ionlarning massa ulushi (Cl), %, ortiq emas

0,3

Temir ionlarining massa ulushi (Cl), %, ortiq emas

0,1

(rN) 5%-li suvli eritmaning vodorodli ko‘rsatkichi

5,5-8,5

 

            Xavfsizlik talablari: magniy nitrat kuchli oksidlovchi bo‘lib, organik modda bilan kontaktda bo‘lganda yong‘inni keltirib chiqaradi.

            Magniy nitratni saqlash uchun xona yonuvchi materiallar, organik materiallar, kuchli tiklagichlarga xavfli yaqinlikda bo‘lmasligi kerak. Xona ventilyatsiya bilan jihozlangan yoki yaxshi shamollatiladigan, salqin va quruq bo‘lishi kerak. Konteynerlar zich yopiladigan bo‘lishi zarur.

            Magniy nitrat inson organizmiga ta’sir qilish darajasi bo‘yicha GOST 12.1.007ga binoan xavflilikning 3-sinfga kiradi.

            Joylash: 100 g, 250 g, 500 g, 1,0 kg, 3,0 kg, 5,0 kg og‘irlikdagi magniy nitrat polietilen paketlarga va  10 kg, 25 kg, 30 kg, 40 kg og‘irlikdagisi esa polietilen qoplarga hamda ± 1 kg og‘ish bilan 30 kg, 40 kg ga joylanadi.

            Tashish: Magniy nitrat saqlanishini ta’minlaydigan transportning barcha turlarida va transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

            Saqlash: magniy nitrat namlikdan, ifloslanishdan va tarani mexanik shikastlanishidan himoyalovchi yopiq quruq omborxonalarda yopiq konteynerlarda  stellaj yoki tagliklarda taxlangan holda saqlanadi. Taxlash balandligi – uchta yarusdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

            Magniy nitratni saqlash uchun xona yonuvchi materiallar, organik materiallar, kuchli tiklagichlarga xavfli yaqinlikda bo‘lmasligi kerak. 

            Xususiyati:

·         Magniyga talabchan ekinlarni ildizdan tashqari o‘g‘itlash uchun samarali; 

·         Purkashda ekinlarni kuydirmaydi;

·         Meva hosil qiladigan gullarni kattalashtiradi va yaxshilaydi;

·         Hujayra devorlarini mustahkamlaydi;

·         Gidroponikada magniyning eng yaxshi manbai;

·         Suvda yaxshi eriydi;

·         Tarkibida nomatlub aralashmalar va erimaydigan qoldiqlar yo‘q;

·         Kalsiyli selitra bilan birga ishlatish mumkin;

·         Boshqa o‘g‘itlar bilan ishlatish mumkin.

 

 

 

 

Qo‘llash muhiti. Barcha turdagi tuproqda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Magniy moddasi kam bo‘lgan tuproqda dozasini ikki baravar ko‘paytirish mumkin. Boshoqli ekinlarda o‘zining samaradorligini ko‘rsatadi. U tufayli kartoshkaning kraxmali oshadi. Shakar va ozuqa lavlagi, tamaki, donli loviya, loviyali o‘tlar, sabzavot ekinlari (bodring, kartoshka, pomidor, karam)ga  ko‘p miqdordagi magniy solinadi. Nasha o‘simligi, tariq, makkajo‘xori magniyning tanqisligiga ta’sirchandir.  

Magniy selitrasi bilan oziqlantirishni aprel oyida, vegetatsiya boshida boshlash va avgust oyi o‘rtasining oxirigacha davom ettirish kerak. 

Magniy nitrat

O‘simlik barglariga magniy nitratni puflash, ularda bir paytning o‘zida azot va magniy tanqisligi paydo bo‘lganda, tavsiya etiladi! Ushbu o‘g‘it yuqorida ko‘rsatilgan ozuqa moddalari yetishmovchiligini tezda bartaraf qilishga imkon beradi.

 

Etishtirilayotgan ekinlar

 

Solish me’yori

kg/ga, (suyuqlik hajmi) l/ga

 

Purkalayotgan suyuqlik konsentratsiyasi,

% massasi bo‘yicha

 

 

Usuli, davri

 

Mevali daraxtlar va reza meva butalari

4-6 (500-1000)

0,6 – 1,2

Azot va magniy tanqisligi aniqlangandan so‘ng har 4-5 kunda 2-3-marta purkalash

Qulpunay

 

3-4 (300-400)

0,6-1,0

  Azot va magniy tanqisligi aniqlangandan so‘ng har  4-5 kunda 2-3-marta purkalash 

Pomidorlar (yopiq tuproq)

 

1-2 (300-400)

 

0,2-0,5

 Azot va magniy tanqisligi aniqlangandan so‘ng har  3-4 kunda 2-3-marta purkalash

Pomidorlar (ochiq tuproq)

2-3 (300-400)

0,5-0,8

 Azot va magniy tanqisligi aniqlangandan so‘ng har  3-4 kunda 2-3-marta purkalash 

Donli ekinlar, yaylov, makkajo‘xori 

4-6 (300-400)

0,6-1,0

Azot va magniy tanqisligi alomati tarqalishi fazasidan   har  4-5 kunda 2-3-marta purkalash

Raps, lavlagi

1-2 (300-400)

0,4-0,5

Vegetatsiya vaqtida har 7-10 kunda 2-3-marta 8-10 barglarni purkalash 

Kartoshka, tamaki

1-2 (300-400)

0,5-0,8

 Azot va magniy tanqisligi aniqlangandan so‘ng har 3-4 kunda 2-3-marta purkalash 

 

Davriy fertigatsiya. Ochiq va yopiq tuproqda bodring, pomidor, qalampir va boshqa bog‘dorchilik o‘simliklari, magniy tanqischiligi aniqlanganda har bir 5-7 kunda 1000 litr suvda 0,3-1,0 kg eritilgan o‘g‘it bilan ishlov beriladi. 

Uzluksiz fertigatsiya. Inert muhitda tomchilab sug‘orish tizimi bilan har kungi fertigatsiyada  (mineral va ananaviy mineral paxta odatda 1000 litr ozuqa eritmasiga 0,05-1,0 kg magniy nitrat ishlatiladi).

Diqqat. Purkalash erta tongda yoki kechqurun bajarilishi kerak. Purkalashni o‘rtacha kattalikdagi tomchilar bilan bajaring. Tavsiya etilayotgan magniy nitrat dozasi tegishli miqdordagi suvda eritilishi va aralashtirilgandan so‘ng purkalash rezervuariga quyilishi kerak. 

Magniyli va kaliyli selitralarni bir paytda ishlatish Qat’iyan man etiladi, chunki ular birgalikda portlash xavfi bo‘lgan moddani tashkil etadi!  

 

 


 
Bo‘limga qaytish