SUVDA ERUVCHAN AZOT-FOSFOR-KALIY MIKROELEMENTLI
KOMPLEKS MINERAL O‘G‘IT
Ts 00203849-144:2020 MAHSULOT MARKASI
NPK 20:20:20 (TIF TN kodi 3105 20 100 0)
NPK 18:7:14+2Mg (TIF TN kodi 3105 20 100 0)
NPK 18:18:18+3Mg (TIF TN kodi 3105 20 100 0)
NPK 11:5:22+6Mg (TIF TN kodi 3105 20 100 0)
NPK 18:6:19 (TIF TN kodi 3105 20 100 0)
Suvda eruvchan NPK mikroelementli kompleks mineral o‘g‘it tomorqa uchastkalari, bog‘lar va polizlarning turli xildagi tuproq va har qanday ekinlar ostiga solinganda maksimal samara beradi. Bahor va kuz oylarida tuproqni qaytadan chopib chiqqanda, asosiy va mahalliy (chuqurchalarga) solish, shuningdek, o‘simliklarning vegetatsiya davrida oziqlantirish uchun qo‘llaniladi.
Suvda eruvchan NPK mikroelementli kompleks mineral o`g`it universal o‘g‘it bo‘lib, suvda to‘liq eriydi. Bog‘ va tomorqa uchastkalarida barcha ekinlar uchun mo‘ljallangan. Issiqxona ekinlari, sabzavotlar, meva-reza ekinlari va ochiq tuproqdagi gullarga tavsiya etiladi. O‘g‘it sug‘orish va bargdan oziqlantirishda yuqori samarali - ekinlarning o‘sishi va rivojlanishi, tomir tizimining rivojlanishini yaxshilaydi. O‘g‘it tarkibiga o‘simliklarni oziqlantirish uchun muhim bo‘lgan barcha elementlar kiradi. Bu esa rivojlanishning barcha bosqichlarida o‘simlik ehtiyojlarini qondiradi, shuningdek hosilning miqdorini oshiradi va sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilaydi.
Suvda eruvchan NPK mikroelementli kompleks mineral o`g`it asosiy oziqlantiruvchi moddalar – azot, fosfor va kaliyning nisbati, shuningdek ikkilamchi ozuqa moddasi – magniy borligi bilan farq qiladi va quyidagi markalarda ishlab chiqariladi:
- NPK 20:20:20
- NPK 18:7:14+2Mg;
- NPK 18:18:18+3Mg;
- NPK 11:5:22+6Mg;
- NPK 18:6:19.
Suvda eruvchan NPK–mikroelementli o‘g‘it fizik-kimyoviy hususiyatlari bo‘yicha ushbu jadvalda ko‘rsatilgan talablar va me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
Ko‘rsatgichlarnomi |
Me’yor | ||||
NPK 18:7:14+2Mg |
NPK 18:18:18+3Mg |
NPK 11:5:22+6Mg |
NPK 18:6:19 |
NPK 20:20:20 | |
Tashqi ko‘rinishi |
Kukun yoki mayda kristallar | ||||
Umumiy azotning massa ulushi (N) quruq moddada, % |
18±1 |
18±1 |
11±1 |
18±1 |
20±1 |
Umumiy fosfatlar massa ulushi P2O5 quruq moddada, % |
7±1 |
18±1 |
5±1 |
6±1 |
20±1 |
Kaliyning K2O ga qayta hisoblanganda massa ulushi quruq moddada, % |
14±1 |
18±1 |
22±1 |
19±1 |
20±1 |
Magniyning MgO ga qayta hisoblanganda massa ulushi %, kam emas |
2 |
3 |
6 |
- |
- |
Gigroskopik suvning massa ulushi %, kam emas |
1,5 |
1,5 |
1,5 |
1,5 |
1,5 |
Zarrachalar o‘lchami 1 mm dan kichik bo‘lmagan fraksiya massa ulushi 1 %, kam emas |
95 |
95 |
95 |
95 |
95 |
Sochiluvchanlik, % kam emas |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
ph suvli eritma massa ulushi 10%, kam emas |
3,0 |
3,0 |
3,0 |
3,0 |
3,0 |
O‘simliklarga elementlarning ta’siri va ahamiyati.
AZOT (N)
Azot – o‘simliklarning moddalar almashinuvida muhim o‘rin tutadigan modda deb hisoblanadi, shuningdek organik azotli birikmalar, oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, xlorofillar, alkaloidlar, ko‘p turdagi vitaminlar va boshqa moddalar tarkibiga kiradi. O‘simlik jadal o‘sish davrida, hamda vegetativ a’zolari (shox va barg) hosil bo‘lish jarayonida azotni ko‘p miqdorda qabul qiladi va o‘zlashtiradi.
O‘simliklarga ta’siri. Azot bilan ta’minlanganlik o‘sish jarayonini, o‘simlikdagi oqsil va boshqa azotli organik birikmalar sintezining hajmi va intensivligini belgilaydi. Azot yetishmovchiligi ayniqsa vegetativ a’zolarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Fotosintezlovchi apparat - barg va shoxning azot yetishmovchiligi natijasida kuchsiz rivojlanishi, o‘z navbatida, hosil beruvchi organlarning shakllanishini cheklaydi va hosildorlikning pasayishi va mahsulotdagi oqsilning kamayishiga olib keladi.
Azot tanqisligi. Asosiy belgilari: xlorofillning hosil bo‘lishidagi buzilishlar natijasida vegetativ a’zolarning o‘sishi sustlashishi va och-yashil yoki sarg‘ish-yashil barglarning hosil bo‘lishi.
Azot ko‘pligi. Azot bilan ortiqcha ta’minlanish vegetativ massaning ortib ketishiga, hosilning kamayishi va sifatining yomonlashishiga olib keladi. Qand lavlagining tarkibida shakar konsentratsiyasi pasayib, shakar olish jarayonida “zararli” nooqsil azotning ko‘payishiga, kartoshkadagi kraxmalning kamayishiga, sabzavot va poliz ekinlarida inson va hayvonlar uchun zararli nitratlarning yig‘ilishiga olib keladi.
FOSFOR (F)
O‘simliklarga ta’siri. Fosforning organik birikmalari orasida murakkab, ko‘p molekulali, azotli asoslardan tashkil topgan, uglevodlar (riboza va dezoksiriboza) va fosforli kislotadan iborat - nuklein kislotalar o‘simliklar hayotida muhim o‘rin egallaydi. Fosfor oqsil-lipidli hujayralar hosil qiluvchi, hamda turli moddalar singishini nazorat qiluvchi fosfatidlar (fosfoglitseridlar) tarkibiga kiradi. O‘simlikdagi fosforning ko‘p qismi fitin, undan tashqari vitamin va turli fermentlar takribida bo‘ladi. Fosfor o‘simlikdagi quvvat almashinuvi va boshqa turli modda almashinuvi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. U uglevod va azot almashinuvida, fotosintez, nafas olish,hamda organik moddalarning fermentlarga bo‘linish jarayonida ishtirok etadi.
Fosfor tanqisligi. O‘simliklar yosh davrida, ya’ni ularning ildiz tizimi yetarli darajada rivojlanmasdan, kam o‘zlashtirish xususiyatiga ega davrida fosfor tanqisligini sezadi. Ushbu davrdagi tanqislikning salbiy ta’siri, keyinchalik ko‘p miqdorda fosfor bilan oziqlantirish jarayonida ham to‘g‘rilanmaydigan vaziyatni keltirib chiqaradi. Shuningdek, reproduktiv a’zolarning shakllanishi davrida ham fosforli oziqlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu davrdagi fosfor tanqisligi rivojlanishni to‘xtatib, hosil yetilishini sekinlashtiradi, hosildorlikning kamayishiga va hosil sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Fosfor tanqisligida o‘simliklar o‘sishi tezda qisqarib, ularning barglari (avval chetidan, so‘ngra butun yuzasi bo‘ylab) kulrang-yashil yoki qizg‘ish-binafsharang tus oladi. Donli ekinlarda to‘planish va don poyalarining hosil bo‘lishi kamayadi.
KALIY (K)
Kaliy-o‘simlikning asosiy rivojlanish jarayonlarining boshqaruvida qatnashib, ular hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Shu jumladan: fermentlar faoliyatini oshiradi, fotosintez jarayonida ishtirok etadi, o‘simlik to‘qimalaridagi moddalarning almashinuvini boshqaradi, uglevod va oqsil almashinuvida ishtirok etadi, o‘simlikdagi suv balansini boshqaradi, o‘simliklarning stresslarga, jumladan sovuqqa, qurg‘oqchilikka, pestitsidlarga va kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
O‘simliklarga ta’siri. Kaliy o‘simliklarda turli fiziologik funksiyalarni bajaradi. U sitoplazma kalloidlarining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning suvlanishini ko‘paytiradi, bo‘rtishi va yopishqoqligini oshiradi, bu esa hujayralardagi moddalar almashinuvini yaxshilashga, hamda o‘simlikning qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishga ta’sir etadi.
Kaliy tanqisligi ayrim metabolik jarayonlarning buzilishiga olib keladi, natijada hosildorlikning kamayishi va sifatning yomonlashishi yuzaga keladi. Kaliy o‘simliklarning sovuqqa chidamliligini, hujayralardagi osmatik bosimning ko‘payishi va ular tarkibidagi shakarning ko‘tarilishi hisobini oshiradi.
Kaliy bilan etarli oziqlanishda o‘simliklarning kasalliklarga bardoshligi, masalan donli o‘simliklarda “muchnistaya rosa” va zang kasalliklariga, sabzavotlar va kartoshkada mog‘or qo‘zg‘atuvchilariga qarshiligi oshadi. Kaliy poyalarning mustahkamligini, o‘simlikning yotib qolishga chidamliligini, zig‘ir va kanop tolasi miqdorini va sifatini oshiradi.
MAGNIY (Mg)
Magniy o‘simliklar uchun eng muhim oziqlantiruvchi moddalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun o‘simliklarning o‘sish davrida to‘g‘ri oziqlantirish juda muhim. Azot, fosfor va kaliydan keyin magniy o‘simliklarning muhim oziq moddalarga kiradi. Magniysiz o‘simlik fotosintezni bajara olmaydi. Magniy tabiiy ravishda bog‘ tuprog‘ida mavjud. O‘rtacha og‘ir va og‘ir tuproqlarga qaraganda yengil, qumli va kislotali tuproqda kamroq bo‘ladi. Shunday qilib yengil va kislotali tuproqlarda magniy ko‘pincha yetarli emas.Bundan tashqari yog‘ingarchilik va sug‘orish har yili 1 kvadrat metr bog‘ tuprog‘idan tahminan 4 grammdan 8 grammgacha magniyni olib tashlaydi va o‘simliklar tuproq magniyini boshqa oziq moddalar bilan bir qatorda o‘zlashtiradi. O‘sish jarayonida va quruq davrda o‘simliklarning magniyga bo‘lgan ehtiyoji eng yuqori hisoblanadi.
Magniy makroelementi ayniqsa quyidagi o‘simliklarga mos keladi:
- Don va boshoqli ekinlar;
- Kartoshka;
- Soya va boshqa dukkaklilar;
- Sabzavot ekinlari;
- Mevali daraxtlar.
O‘simliklarda magniy yetishmovchiligi belgilari quyidagilar:
- Barglarning yuzasida quyuq jigarrang tusdagi dog‘lar paydo bo‘ladi.
- Qisqa vaqt ichida o‘simliklarning pastki barglari sariq rangga ega bo‘ladi.
- Eski barglar naychaga o‘raladi va to‘kiladi.
Xavfsizlik talablari: NPK o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va qadoqlash uchun mo‘ljallangan binolar keltiruvchi-tortuvchi va namlovchi ventilyatsiya bilan ta’minlanishi kerak. NPK o‘g‘itlari bilan ishlash shaxsiy himoya choralariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Eritmalar tayyorlashda iste’molchi rezina qo‘lqop kiyishi tavsiya etiladi. Murakkab o‘g‘it bilan ishlash paytida chekish, ovqatlanish yoki ichish mumkin emas. O‘g‘it teriga tegsa, u joyni oqadigan suv bilan yuvib tashlang. Agar u oshqozonga tushsa, kaliy permanganatning biroz pushti eritmasidan bir necha stakan ichib, qusib tashlang. Ishdan keyin yuz va qo‘llarni sovun bilan yuvib, og‘izni chayish kerak.
Qadoqlash: NPK mikroelementli o‘g‘itlari 10 kg og‘irlikdagi polimer matodan tayyorlangan paketlar va qog‘oz, polietilen qoplarga joylanadi.
Tashish: NPK mikroelementli o‘g‘itni tashish aviasiyadan tashqari ushbu transport turi uchun amalda bo‘lgan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq, transport vositalarining barcha yopiq turlari orqali amalga oshiriladi.
Saqlash: NPK mikroelementli o‘g‘it, atmosfera yog‘inlari va yer osti suvlari tushishidan himoyalangan yopiq, quruq va toza omborxonalarda saqlanadi.
Kafolatlangan saqlash muddati: ishlab chiqarilgan kundan boshlab-12 oy.