TEXNIKAVIY MAGNIY SULFAT
Ts 00203068-30:2015 (Код ТН ВЭД 283 321 0000)
Texnikaviy magniy sulfat - tarkibida 9% gacha magniy bo’lgan o’g’itdir. Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, yaxshi sochiladi. Magniy o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o’simliklar tomonidan uning o’zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar tusga kirishini va o’simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy o’g’itini qo’llash zarur.
Magniyli o’g’it meva va sabzavotlarning hosildorligini oshiradi, ularning sifatini, ya'ni kartoshkaning serkraxmalliligi, meva va sabzavotlarni servitaminliligini yaxshilaydi.
Ko’rsatkichlar nomi | |
Tashqi ko’rinishi |
Sarg’ish tusli oq rangdagi kukun yoki kristallar |
Magniy sulfatning massa ulushi (MgSO4x7H2O), %, kam emas Magniy oksidi (MgO) massa ulushiga qayta hisoblanganda, %, kam emas |
91,7
15,0 |
Suvda erimaydigan qoldiqning massa ulushi, %, ko’p emas |
0,6 |
Xlorid - ionlari (Cl) massa ulushi, %, ko’p emas |
0,3 |
Temir (Fe) ionlarining massa ulushi, %, ko’p emas |
0,1 |
Xavfsizlik talablari: mahsulot zaharli emas, yong’in va portlash xavfi yo’q. Inson organizmiga ta'sir etish darajasi bo’yicha xavflilikning 4- sinfiga kiradi. Shaxsiy himoya choralariga va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish zarur.
Joylash: polietilen paketlarga va qoplarga 1, 3, 5, 10, 25, 30, 40 kg dan joylashtiriladi.
Tashish: mahsulotni saqlanishini ta'minlaydigan transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Saqlash: namlanish, ifloslanish va idishni mexanik shikastlanishidan saqlaydigan yopiq, quruq omborxonalarda saqlanadi.
Kafolatlangan saqlash muddati: cheklanmagan.