Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Korxona tarixi

“Maxam-Chirchi” AJ rivojlanishi tarixi

 

Hozirgi “Maxam-Chirchiq” AJning tarixi Hukumatning suvni elektroliz usuli bilan vodorod olish va havodan ajratish yo‘li bilan azotni olish asosida azot o‘g‘itlarini ishlab chiqaradigan Chirchiq elektr kimyo kombinatini qurish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kun, ya’ni 1932 yil aprel oyidan boshlanadi.

 1936 yilda bo‘lajak kombinatning asosiy hududida bir nechta sexlarning poydevori qo‘yildi.

 1940 yilda asosiy taqsimlash podstansiyasi, havoni ajratish sexi, suvni elektroliz qilish sexlarining qurilishi boshlandi.

1940 yilning oktabr oyida ammiakli selitraning birinchi to‘pi olindi.

Chirchiq elektr kimyo kombinatining birinchi navbatini rasmiy ishga tushirish 1941 yil 25 yanvarida amalga oshirildi.

 1941 yilda kombinatning ikkinchi navbatini – ammiak olishning konversion liniyasini qurish ishlari boshlandi. Bunga gazogenerator sexi, suv bilan tozalash, mis-ammiakli tozalash bo‘linmalari va uglerod- P oksidi konversiyasi kirdi.

 1942 yilda kuchli nitrat kislota ishlab chiqarish bo‘yicha 6/12 sexi ishga tushdi.

 1944 yilning boshida ammiak ishlab chiqarishi ikkinchi navbatining azot-vodorod aralashmasi olindi. Shunday qilib, ushbu yildan boshlab konversion usul bilan ammiak olishning loyihaviy sxemasi joriy etildi.

 1945 yilda frontni xomashyo bilan ta’minlayotgan sexlarning bir qismi mahsulot chiqarishni qisqartirdi, 6/12 sex esa rekonstruksiyaga yopildi. 1952 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintezlash usuli bilan kuchli nitrat kislota ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgandan so‘ng, 1952 yilda rekonstruksiyadan keyin sex yana ishga tushdi.

 1949 yilda nikel-xrom katalizatorini ishlab chiqarish bo‘yicha katalizator sexi ishga tushirildi.

 1958 yilda konversion usul bilan ammiak olish texnologik jarayoniga muhim takomillashtirishlar kiritildiOltingugurt aralashmalaridan gazni tozalash sexi foydalanishga topshirildi va chang yutish uchun ho‘l plenkali filtrli GIAP yangi gaz generatori ishga tushirildi.

 Chirchiq elektr kimyo kombinatida 1961 yilgacha ammiakni ishlab chiqarish Kuzbassdan olib kelinadigan Sulukta ko‘miri va kokosini bug‘-havo-kislorod gazifikatsiya usuli bilan gazogenerator sexida olingan yarim suvli gazga ishlov berish yo‘li bilan amalga oshirilar edi. 1961 yilda ammiak ishlab chiqarishi Buxoro koni tabiiy gaziga to‘liq o‘tkazildi. Buning uchun metanni va uglerod-P oksidini konversiyalash sexi, suv bilan tozalash bo‘linmasi 1,6 kgs/sm2 bosimdan 2,4 kgs/sm2 bosimga o‘tkazildi, barcha ammiak ishlab chiqarishi rekonstruksiya qilindi, monoetanolamin tozalash sexi qurildi, qozonxona sexi kengaytirildi va qattiq yoqilg‘idan tabiiy gazga o‘tkazildi.

 

 1965 yilda suvni elektroliz qilish sexining M-18 bo‘linmasi foydalanishga topshirildi. 

 

 1972 yilda kuchsiz nitrat kislota sexining azot oksidlari tashlamalarini selektiv tozalash qurilmasi montaj qilindi.

 

 1962 yilda to‘liq suyuq resiklli sxema bo‘yicha “Stamikarbon” golland firmasidan sotib olingan karbamid sexi qurilishi boshlandi. 1964 yilda sex amaldagi sexlar qatoriga kirdi.

 

 1964 yilda ammiakli selitraning ikkita granminorasida qurilish-montaj ishlari tugatildi va 1965 yildan boshlab tangachali selitra o‘rniga donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarilishi boshlandi.

 

 1960-1970 yillarda kombinatda asbob-uskunalarni yangilash va modernizatsiyalash ishlari to‘liq olib borildi.

 

 1970 yilda 25-ishlab chiqarish foydalanishga topshirildi.

 

 1972 yilda AK-72 nitrat kislota yirik tonnajli agregatida kuchsiz nitrat kislota olindi.

 

 1975 yilda Chirchielektr kimyo kombinati “Elektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasiga qayta nomlandi.

 

 1980 yilda birlashmada kaprolaktam ishlab chiqarishi bo‘yicha quvvat ishga tushirildi.

 

 1981 yilda AM-76 katta ammiak sexi qurilishi boshlandi va 1984 yilda u ishga tushirildi. AM-76 ishga tushirilishi bilan NDF tozalash inshootlari bo‘yicha barcha qurilish-montaj ishlari tugatildi.

 

 1984 yilning yakunida karbamid sexining maxsus suv aylanish siklli yangi granminora qurilishi tugatildi.

 

 Birlashmaning keyingi rivojlanishi ekologik muammolar, ma’naviy va jismoniy eskirgan sexlarni almashtirishga qaratildi. Oqova suvlardan og‘ir metallarni tozalash qurilmasi foydalanishga topshirildi. NDF tarkibida azot miqdori bo‘lgan tozalash inshootlari rekonstruksiyasi o‘tkazildi. Ammiakli selitra, karbamid, kuchsiz nitrat kislota, katalizator sexlarida suv aylanish sikllari joriy etildi, bu esa toza daryo suvlari sarfini qisqartirdi.

 

 1985 yilda AS-72M ammiakli selitra yangi yirik tonnajli agregati qurilishi boshlandi, u 1988 yilda foydalanishga topshirildi. Bu 1989 yilda ma’naviy va jismoniy eskirgan ammiakli selitra sexini to‘xtatishga imkon yaratda.

 

 1988 yilning yanvar oyida AK-72M yangi agregatida nitrat kislotaning birinchi tonnalari olindi. Bu agregat o‘zning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha AK-72 bosh agregatdan afzal bo‘ldi. Shuning uchun AK-72M ishga tushganidan so‘ng AK-72 1989 yilning aprel oyigacha rekonstruksiyaga to‘xtatildi. AK-72 ishga tushirilishi bilan rekonstruksiyadan so‘ng ma’naviy va jismoniy eskirgan 5-sex to‘xtatildi.

 

 Kuchsiz nitrat kislota sexi bilan bir paytda AKK-M-80 agregati bazasida kuchli nitrat kislota yangi sexi qurildi va u 1987 yilning dekabr oyida foydalanishga topshirildi.

 

 1993 yilning dekabr oyida KA-15-5 havoni ajratish sexining yangi bloki ishga tushirildi. Bu blok 1936 yilda ishlab chiqarilgan ammiak-sovitkich qurilmali eski bloklarini to‘xtatishga imkon yaratdi.

 

 2002 yilda “Elektrkimyosanoat” IChBsi “Elektrkimyosanoat” Ochiq Aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirildi. 2007 yilda esa «Elektrkimesanoat» OAJ «Maxam-Chirchik» OAJga o‘zgartirildi.

 

 2004 yilda karbamid ishlab chiqarish sexida nasos parki «Sandayn» firmasining markazdan qochma yuqori tezlikdagi nasoslariga almashtirildi.

 

 2009 yilda AM-76 yirik tonnajli agregati rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi, uning quvvati yilda 420 ming tonnaga yetdi.

 

 2010 yilning may oyida past zichlikdagi ammoniy nitrat ishlab chiqarishi bo‘yicha qurilmani qurilish ishlari boshlandi. Ushbu ob’ektni qurilishiga «MAXAM Corp International S.A.U.» (Ispaniya) kompaniyasining investitsiyalari ajratildi.

 

 Hozirgi vaqtda korxonada avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Xizmat va uchastkalarni avtamatlashtirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Axborotlar bilan ishlash kompyuter tarmoqlarini joriy etish asosida birlashmani kompleks avtomatlashtirish joriy etilmoqda.