Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Tarkibiy bo'linmalar

Mineral o‘g‘itlarni sotilishini nazorat qilish bo‘limi

Mineral o‘g‘itlarni sotilishini nazorat qilish bo‘limi

Rahbar: Sharifxodjaev Arif Alimovich
Lavozim: MO'SNQ bo‘yicha bosh direktor muovini

Bo‘limning asosiy vazifasi “Qishloqxo‘jalikkimyo” viloyat hududiy aksiyadorlik jamiyatlari (keyinchalik HAJ) va ularning filiallari tomonidan tuzilgan shartnomalarga binoan mineral o‘g‘itlarni saqlash va sotish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilishdir.  
Asosiy vazifalarni bajarish uchun bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- korxonadan ortilgan min.o‘g‘itlar va “QXK” HAJ filiallarining tuman hamda tumanlararo omborlariga birja orqali sotib olingan min.o‘g‘itlar miqdorini hisobga olish;
- “QXK” HAJ omborlarida min.o‘g‘itlarni saqlash sharoitlari, min.o‘g‘itlarni saqlash uchun omborlarni tuzilishi va jihozlanishi bo‘yicha talablarga, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlariga  rioya qilinishini nazorat qilish;  
- tuzilgan shartnomalarga asosan korxonaga kelib tushayotgan pul mablag‘lariga binoan “QXK” HAJ filiallarining tuman hamda tumanlararo omborlaridagi min.o‘g‘itlarning sotilishini nazorat qilish;
- korxonani “QXK” HAJ bilan o‘zaro hisob-kitobi bo‘yicha tahlil qilish va pul mablag‘larini o‘z vaqtida korxona hisob raqamiga o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar boshqarmasi

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar boshqarmasi

Rahbar: Gafurbekov Pulat Shavkatovich
Lavozim: AKT boshqarmasi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi korxonani boshqarish axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirishdir.
Bo‘limga asosiy vazifalar qatorida quyidagi vazifalar  yuklatilgan:
- boshqarish tizimini, ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish tartibi va usullarini o‘rganish;
- hisoblash texnikasi va yorug‘lik uskunalarini montaj qilish, sozlash, tekshirish va foydalanishga topshirish.

Xom ashyo va materiallarni Birja orqali sotish va sotib olish bo‘limi

Xom ashyo va materiallarni Birja orqali sotish va sotib olish bo‘limi

Rahbar: Karimjanov Murod
Lavozim: XA va MBOS va SO bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifalari:
- PKM va “O‘zkimesanoat” DAK tomonidan berilgan grafiklarga muvofiq birja savdolarida mineral o‘g‘itlarni sotish;
- moddiy texnika ta’minoti va asbob-uskunalar bo‘limi buyurtmalariga binoan birja savdolarida xom ashyo va materiallarni sotib olish;
Bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- “O‘zRTSB” OAJ talablariga javob beradigan korxona mahsulotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri  birja savdolariga chiqarish;
- birja orqali sotilgan mahsulotlarni yetkazib berish sotib olish- sotish shartnomasini, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi” O‘zR Qonuniga binoan shartnoma topshiriqlarni rasmiylashtirish va tuzish;
- birja orqali sotilgan mahsulotlarni hisobga olish;
- jdamiyat mahsulotini eksportga valyuta maydonchasi orqali chiqarish va kontraktlarni rasmiylashtirish va ularni eksport bo‘limiga berish;

Ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi

Ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi

Rahbar: Kosimov Ayomiddin
Lavozim: Ijtimoiy rivojlantirish bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi jamiyat xodimlarining moddiy farovonliklari va madaniy turmush darajasini ijtimoiy rivojlantirish, korxona xodimlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularning qoniqarli maishiy sharoiti va dam olishlarini yaratishdir.  

Xalq iste’moli mollari bo‘limi

Xalq iste’moli mollari bo‘limi

Rahbar: Dildabekova Guljan Balgabayevnaбаевна
Lavozim: Xalq iste’moli mollari bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi berilgan nomenkulatura va assortimentda xalq iste’moli molarini ishlab chiqarishni ta’minlashdir.

Import bo‘limi

Import bo‘limi

Rahbar: Yusupov Sherzod
Lavozim: Import bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi:
- chet ellik ishlab chiqaruvchilar va firmalar tomonidan yetkazib beriladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallarga kontraktlar tuzish va uni bajarish;
- barcha shartnomaviy shartlar, ya’ni asbob-uskunalar va ularning butlovchilari miqdori, sifati, texnikaviy tavsifi, idishlarga bo‘lgan talablar, bahosi to‘g‘risidagi kelishuvlar, hisob-kitob tartibi, joylash va tashish usullari, yetkazib berish muddati va grafiklari iqtisodiy maqsadga muvofiqligi nuqtiy nazardan Yetkazib beruvchidan olinadigan kontrakt va shartnomalar barcha loyihalarini tahlil qilish;  

Bosh me’mor bo‘limi

Bosh me’mor bo‘limi

Rahbar: Sultanov Ilxombek Islamovich
Lavozim: Bosh me’mor bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi - ishlab chiqarish binolari, inshootlari va maishiy binolarni soz holda ushlab turishdir.
Bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- barcha ishlab chiqarish binolari, inshootlari va ijtimoiy madaniy maishiy ob’ektlarning holati ustidan texnik nazorat qilish;
- ta’mir, montaj va qurilish ishlarining progressiv ilg‘or usullarini joriy etish, qurilish-montaj ishlarini mexanizatsiyalash, bino va inshootlarning alohida qismlarini saqlash muddatlarini oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, ta’mirlash ishlarida yangi progressiv konstruksiyalar va materiallarni joriy etish.

Kadrlar bo‘limi

Kadrlar bo‘limi

Rahbar: Elisyeev Nikolay Ivanovich
Lavozim: Kadrlar bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi –jadvaliga binoan  korxonani kadrlar bilan ta’minlashdir.
- Boshqaruv raisi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarni egallash uchun kadrlarni tanlash, kadrlar rezervini yaratish;
- korxona hisobidan Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olgan yosh mutaxassislarni va O‘zR ijtimoiy dasturi bo‘yicha boshqa toifadagi shaxslarni shtat jadvali bo‘yicha ishga joylashtirish.

Eksport bo‘limi

Eksport bo‘limi

Rahbar: Akramov Akmal Shuhratovich
Lavozim: Eksport bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – xorijiy mamlakatlar bilan tashqi savdo eksport operatsiyalarini amalga oshirishdir.
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va taqsimlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan “O‘zkimesanoat” DAK tomonidan ajratilgan kvotalarga muvofiq kontrakt, shartnomalarni tuzish;
- eksport yetkazib berish bo‘yicha texnik-tijorat takliflarni korxonaning potensial xorijiy sheriklari bilan kelishish, bitimlarning optimal sharoitlarini aniqlash maqsadida ular bilan oldindan yozishlar va so‘zlashuvlar o‘tkazish.

Ish haqi va mehnatni rag'batlantirish bo‘limi

Ish haqi va mehnatni rag'batlantirish bo‘limi

Rahbar: Tadjibaev Aziz
Lavozim: Ish haqi va mehnatni rag'batlantirish bo‘limi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va ish haqi fondini to‘g‘ri sarflanishidir.
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarishni boshqarish, ish haqi shakli va tizimini, xodimlarning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni  takomillashtirish;
- amaldagi mehnatga haq to‘lash tizimini samarali qo‘llashni tahlil qilish, korxonaning barcha toifadagi xodimlari ish haqini tashkil etishni takomillashtirish.

Innovatsiya bo‘limi

Innovatsiya bo‘limi

Rahbar: Abdurashitov Ruslan Vladimirovich
Lavozim: Innovatsiya bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – ishlab chiqarishga ilm va texnikaning yangi yutuqlari, progressiv texnologiyalar, yuqorilikvid, yuqori unumdor, resurslarni tejaydigan va chiqindisiz texnologiyalarni, mahsulotlar yangi turi va mahalliylashtiriladigan texnologiyalarini, ularni korxonaning mavjud bo‘lgan va amaldagi ishlab chiqarishi bazasida modernizatsiyalashni joriy qilish, innovatsiyalar bozorini tatbiq etish va innovatsiya faoliyatini tahlil qilishdir.

Bosh mexanik bo‘limi

Bosh mexanik bo‘limi

Rahbar: Kadirov Farhod Kayumovich
Lavozim: Bosh mexanik

Bo‘limning asosiy vazifasi – asbob-uskunalarning uzluksiz va texnika jihatidan to‘g‘ri va ishonchli ishlashini ta’minlash, uning smenaliligini oshirish, talab qilingan aniqlikda ishchi holatda ushlab turishdir.
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- asbob-uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, ta’mirlash - foydalanish ehtiyojlariga materiallarni sarflanishini ishlab chiqish;
- ta’mir ishlarini o‘tkazish uchun smetalarni tuzish, asbob-uskunalardan foydalanishda zarur bo‘lgan materiallar va ehtiyot qismlarga buyurtmalarni rasmiylashtirish.

Mahsulotni tahlil qilish va uni  jahon bozorlariga chiqarish bo'limi

Mahsulotni tahlil qilish va uni jahon bozorlariga chiqarish bo'limi

Rahbar: Abdiev Dilshod
Lavozim: MTQ va JBCH bo'lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi:
– korxona eksport potensialini kengaytirish;.
- korxonaning ichki va tashqi muhitini tahlil qilish, raqblarni tahlil qilish, bozorni segmentlash;
- mahsulot sifati va mujozlarga xizmat ko‘rsatish talablarini ta’riflash;
- mahsulotni bozorlarga chiqarish, korxona va uning tovar markalari imijini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash;
- tovar va xizmatlar eksportini rivojlantirish, uning tuzilishini yaxshilash, eksport tovarlar nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

Kapital qurilish boshqarmasi

Kapital qurilish boshqarmasi

Rahbar: Memetov Nariman Sabriyevich
Lavozim: Kapital qurilish boshqarmasi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ob’ektlarni tashkil qilish, qurish va reknstruksiya qilishdir.
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- kapital qurilishning joriy, kelajak rejalarini ishlab chiqish, kapital qurilishning barcha ob’ektlariga sarvaraq, qurilish materiallariga va uskunalariga buyurtmalar tuzish;
- Davme’morqurilish organlarida qurilish o’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlari boshlanishiga ruxsat olish;
- bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari hajmi va sifati qurilish talablari me’yorlari, TSh va loyiha-smeta hujjatlariga mosligini texnik nazorat qilish;

Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi

Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi

Rahbar: Davidyuk Elena Viktorovna
Lavozim: Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – o‘ziga xos xususiyatli tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi savdo kontraktlarni tuzish va bajarishdir.
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan instansiyalarda: konsalting firmalar, tashqi istisodiyot aloqalar vazirligi, bojxona nazorati organlari, vakolatli banklarda kontraktlarning ekspertizasi, ro‘yxatga qo‘yilishi, hisobga olinishi va hisobdan chiqarilishini ta’minlash;
- raqobatli materiallarni yig‘ish va tahlil qilish, eksport-importga oid bitimlar shartlarini optimallashtirish va yetkazib berish va hisob-kitob qilish texnika-tijorat shartlarini kelishish uchun potensial tashqi savdo sheriklar bilan so‘zlashuvlar olib borish;

Buxgalteriya

Buxgalteriya

Rahbar: Tashmuhamedov Utkir Ganievich
Lavozim: Bosh buxgalter

Amaldagi qonunchilikka binoan korxonaning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati buxgalteriya hisobotini tashkil etish va moddiy, mehnat va moliya resurslaridan oqilona foydalanish, korxona mulkini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ichki rezervlarni aniqlash, yo‘qotishlarni va noishlab chiqarish xarajatlarini bartaraf etish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha koroxonaning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qiladi.

Bosh energetik bo‘limi

Bosh energetik bo‘limi

Rahbar: Primov Ma'murjon Xoshimovich
Lavozim: Bosh energetik

Bo‘limning asosiy vazifalari:
- korxonani talab etilgan parametrlar energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash;
- energetik asbob-uskunalar va qurilmalarning yetarli darajadagi texnik holatini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
- gazsimon yoqilg‘i, issiqlik va el.energiya bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish, elektr qurilmalar va energoqurilmalar KPD koeffitsiyentini oshirish;
- energetik xo‘jalikni korxona ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishiga mos ravishda rivojlanishini amalga oshirish, energetik asabob-uskunalarini modernizatsiyalash va avtomatlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

Moddiy –texnika ta’minoti va asbob-uskunalar bo‘limi

Moddiy –texnika ta’minoti va asbob-uskunalar bo‘limi

Rahbar: Umarov Odil
Lavozim: MTT va AU bo'limi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, kapital qurilishi va ta’mirlash-foydalanish ehtiyojlari uchun uni barcha zarur bo‘lgan moddiy resurslar, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar bilan ta’mirlashdir.
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- kapital qurilish, ta’mirlash-foydalanish va korxonaning boshqa ehtiyojlarining ishlab chiqarish dasturini bajarish hamda ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish uchun  belgilangan xarajatlar me’yori asosida moddiy resurslarga ehtiyojini reja davrlari bo‘yicha aniqlash.

Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifasi – atrof-muhitni zararli tashlama va sanoat chiqindilaridan ifloslanishini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdir;
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya qilinishini nazorat qilish:
- oqova suvlar, gazli tashlamalar, qattiq va suyuq chiqindilar tarkibi va miqdorini;
- oqova suvlar va gazli tashlamalarni tozalash umumzavod va mahalliy qurilmalarini, ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish va ko‘mib tashlash uchun moslamalarni, yer resurslaridan foydalanishni;
- korxona atrofidagi atrof-muhit holatini;
- tozalash moslamalarining texnologik hujjatlar bilan ta’minlanganligini;
- suviste’moli va suvni olib ketish hamda zararli moddalarni atmosferaga tashlash hajmiy me’yorlariga rioya qilinishini;

Kadrlar tayyorlash bo‘limi

Kadrlar tayyorlash bo‘limi

Rahbar: Yuldashyev Sabir Turgunovich
Lavozim: Kadrlar tayyorlash bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – korxona xodimlarining umumta’lim kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasini oshirishdir.
Bo‘limiga asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- ishlab chiqarishda ishchilarni tayyorlash, qayta tayyorlashni tashkil etish va ularning malakasini oshirish, yosh mutaxassislarning stajirovkadan o‘tish davrida ularni amaliy o‘qitish, talaba va o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish;
-  korxonaning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha kelajak va yillik rejalar loyihasini ishlab chiqish.