I chorakda amalga oshirilgan asosiy ishlar
|
Yo‘nalish |
Natija |
|
Strategik targ‘ibot |
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Prezident Murojaatnomasidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi. |
|
Muhim sanalar |
Vatan himoyachilari kuni, Navoiy va Bobur tavallud sanalari, 8-mart va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi. |
|
Teatr tashriflari |
I chorakda jami 975 nafar ishchi-xodimning Toshkent shahri va viloyatidagi teatrlarga tashrifi tashkil etildi. |
|
Zakovat |
“Boshqaruv raisi kubogi” uchun o‘tkazilgan o‘yinda 150 nafar xodimdan iborat 30 ta jamoa qatnashdi. |
|
Ichki turizm |
Jami 100 nafar ishchi-xodim uchun tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etildi. |
|
Ma’naviyat ziyosi |
Ijtimoiy tarmoqlarda kitobxonlik, halollik, o‘zaro hurmat va shaxsiy rivojlanishga oid 46 ta material yoritildi. |
|
Axborot yoritilishi |
I chorak davomida 68 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi. |
|
Yo‘nalish |
Natija |
|
Amir Temur tavalludi |
MEUT sexida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. |
|
Mehnat va yo‘l xavfsizligi |
“Eng iqtidorli jamoatchilik vakili” ko‘rik-tanlovi, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha seminar va yo‘l harakati xavfsizligi tadbiri o‘tkazildi. |
|
Xotira va qadrlash |
Korxonaning “Xotira” yodgorlik majmuasi poyiga gul qo‘yilib, Vatan uchun jon fido qilgan yurtdoshlar xotirasi yod etildi. |
|
Oila va xotin-qizlar |
Xalqaro oila kuni munosabati bilan shashka musobaqasi va “Jahon raqslari jilosi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. |
|
Yoshlar siyosati |
“Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi va “Boshqaruv raisi kubogi” mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. |
|
Zakovat natijasi |
“O‘zkimyosanoat kubogi”da “MAXAM-CHIRCHIQ” AJning “Born to Win” jamoasi 2-o‘rinni egalladi. |
|
Yubiley va ekologiya |
Korxonaning 85 yilligi va Kimyogarlar kuni bayrami, shuningdek Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. |
|
Raqamli ko‘nikmalar |
Yosh mutaxassislar forumida “Sun’iy intellekt yordamida startap yaratish san’ati” mavzusida seminar tashkil etildi. |
|
Tarixiy sayohatlar |
Samarqand, Toshkent, Buxoro va Zomin yo‘nalishlarida kamida 220 nafar xodim uchun sayohatlar tashkil etildi. |
|
Sport yutuqlari |
Stol tennisi Assotsiatsiya kubogida 3-o‘rin, armrestling bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin va futzal bo‘yicha “Fair play” sovrini qo‘lga kiritildi. |
|
Media faoliyati |
Korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va faoliyati haqida 40 daqiqalik maxsus reportaj tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. |