Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Yo‘nalishning maqsadi, vazifalari va ustuvor faoliyati

“MAXAM-CHIRCHIQ” AJda ishchi-xodimlar, ularning farzandlari va Chirchiq shahri aholisi uchun barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Korxonaning barcha sexlarida “Ma’rifat xonasi” tashkil etilgan. Zamonaviy “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” hamda “Ma’naviyat xiyoboni” barpo etilgan. Har oyning uchinchi juma kuni korxonada “Teatr kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, yil davomida turli mavzularda 60 dan ortiq ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.


Faoliyatning asosiy maqsadi

Faoliyatning asosiy maqsadi ishchi-xodimlar, ularning farzandlari va shahar aholisi uchun sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, yoshlarga alohida e’tibor qaratish, ularni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, boy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, kitobxonlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash hamda mafkuraviy immunitetni oshirishdan iborat.


Davlat tilida ish yuritish

So‘nggi uch yil davomida 200 nafarga yaqin ishchi-xodim Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Malaka oshirish markazi o‘qituvchilari ko‘magida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish kurslarida o‘z bilimini mustahkamladi. Barcha sex va bo‘limlarda ish yuritish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilindi.

Jamiyat hududidagi peshlavhalar, e’lonlar, reklama va boshqa ko‘rgazmali axborot matnlarining davlat tili hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ta’minlanmoqda. Korxona kirish-chiqish qismi va markaziy maydonida mumtoz kuy-qo‘shiqlar va maqomlar eshittiriladi. Kirish qismidagi 3 × 7 metr o‘lchamli elektron monitorda mamlakat va korxona hayotiga oid yangiliklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yoritib boriladi.

2024-yilda korxona “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishida 2-o‘rinni egalladi.


Kutubxona fondi va kitobxonlik ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich

Miqdor

Umumiy kutubxona fondi

44 916 ta

Ilmiy-texnik kutubxona

37 117 ta

Jamiyat boshqarma kutubxonasi

1 456 ta

Sex va bo‘limlardagi kitob burchaklari

893 ta

“Kimyogar” bolalar oromgohi

1 224 ta

Kimyogarlar saroyi

4 226 ta

Ilmiy-texnik adabiyotlar

32 317 ta

Badiiy adabiyotlar

12 599 ta

Kutubxona a’zolari

3 895 nafar

Har bir xodimga to‘g‘ri keladigan adabiyot

7,6 ta

Har bir xodimga to‘g‘ri keladigan badiiy adabiyot

2,1 ta

Ma’naviyat xiyoboni

Korxonaning “Kimyogarlar bog‘i” negizida tarmoq korxonalari orasida birinchilardan bo‘lib 2024-yi 31-iyul kuni “Ma’naviyat xiyoboni” tashkil etilgan.