RUXLI YUTGICH
O'zMSt 728:2025 (TIF TN kodi 3815 90 9000)
Ruxli yutgich (360-390) ºC haroratda va 590 h-1 gacha hajmiy tezlikda gaz aralashmasidan vodorod sulfidini yutilishi uchun oltingugurt birikmalari yutgichi sifatida qo‘llaniladi.
Ruxli yutgich sanoat sharoitlarida gazni tozalashni, yirik agregatlar sharoitlarida gazda oltingugurt qoldiq konsentratsiyasi miqdori 0,5mg/m3 dan ko‘p bo‘lmasligini ta’minlashi lozim.
Ruxli yutgich fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda keltirilgan talab va me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
|
Ko‘rsatkich nomi |
Me’yor |
|
Tashqi ko‘rinishi |
Oq-kulrangdagi silindrik shaklli ekstrudatlar |
|
O‘lchamlari, mm - diametri - balandligi |
6,0±1,0 10±30 |
|
Hajmiy zichligi, kg/dm3 |
1,1±1,4 |
|
Mexanik mustahkamligi: ekstrudatning qizdirishga chidamlilik indeksi kg/mm, - o‘rtacha - minimal |
0,70 0,35 |
|
900°C qizdirishda yo‘qotishning massa ulushi, %, ko‘p emas |
15,0 |
|
ZnO qayta hisoblanganda ruxning massa ulushi, % kam emas |
85,0 |
|
MgO qayta hisoblanganda magniy massa ulushi, % kam emas |
6,5±1,5 |
|
Solishtirma yuza, m2/g, kam emas |
20 |
|
Chang va zarralarning massa ulushi, % ko‘p emas |
6,0 |
|
Suvning masa ulushi, % ko‘p emas |
6,0 |
|
Oltingugurtning massa ulushi, % ko‘p emas |
3,0 |
Xavfsizlik talablari: ruxli yutgich, yonmaydi, portlashdan xavfli emas.
Qadoqlash: metalli zich yopiladigan quruq uzunasiga valsovkali va ko‘ndalang chokli 50 dm3 sig‘imli barabanlarga yoki polietilen bochkalarga joylanadi.
Tashish: transportning barcha yopiq turlarida.
Saqlash: ishlab chiqaruvchi-korxona va iste’molchining toza, quruq binolarida 0 ºС haroratdan past emas va 60 ºС haroratdan yuqori bo‘lmagan kislota bug‘lari bo‘lmagan binolarda saqlanadi.
Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab - 2yil.