Ammiakli selitra donalariga yuzaki ishlov
berish uchun novo Flow Markali yopishib
qolishga qarshi modda
Ts 00203068-18:2016 (TIF TN kodi 382 000 0000)
Qo‘llash sohasi: Ammiakli selitra donalariga yuzaki ishlov berish uchun NovoFlow markali yopishib qolishga qarshi modda – ammakli selitra donador zarralari yuzasining gidrofobizatori sifatida qo‘llaniladigan reagent.
O‘g‘itning har bir optimal dozirovkasi faqat ishlab chiqarish sharoitlarida aniqlanadi. Yopishib qolishga qarshi modda dozalash nasosi va purkash uchun forsunkalar yordamida o‘g‘itning donalariga purkalishi kerak.
Fizika-kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan talab va me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatkichlar nomi |
Me’yor |
Tashqi ko‘rinishi
|
(80-90) °C haroratda - och sariq rangdan och jigar ranggacha bo‘lgan o‘ziga xos hid bilan tiniq yoki sal xira suyuqlik. Qotgandan so‘ng - och sariq rangdan och jigar ranggacha bo‘lgan mumsimon massa. |
Kislotali son, mg KON/g, kam emas |
10±3 |
Qotib qolish harorati, °C |
58÷72 |
NovoFlow markali yopishib qolishga qarshi modda mum va yuzaki – faol moddalardan iborat.
- Erish harorati – (77÷82) °C;
- Qaynash harorati – 250 °C dan ortiq;
- Qotib qolish harorati – (60-70) °C;
- Chaqnash harorati – 150 °C;
- Alanga olish harorati – kamida 150°C;
- Yemirilish harorati – kamida 150 °C.
Suvda erimaydi, ko‘pgina organik eritgichlarda eriydi.
Xavfsizlik talablari: o‘tkir zaharlilik parametrlari bo‘yicha mahsulot San Qva M 0213 bo‘yicha xavflilikning o‘rtacha xavfli moddalar 3-sinfiga kiradi.
Joylash: GOST 13950 bo‘yicha 200 dm3 sig‘imli po‘lat bochkalarga yoki GOST 6247 bo‘yicha 200 dm3 sig‘imli po‘lat bo‘chkalarga yohud temir yo‘l sisterna va avtotsisternalarga joylanadi.
Tashish: ammiakli selitra donalariga yuzaki ishlov berish uchun NovoFlow markali yopishib qolishga qarshi moddani tashish transportning barcha turlarida, ushbu transport turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Saqlash: Mahsulot – maxsus mo‘ljallangan xonalarda, oksidlovchi reagentlardan uzoqda, 0 °C dan past bo‘lmagan va 90 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda, zavod tomonidan joylangan holatda saqlanadi.
Saqlashning kafolatlangan muddati: Zavodda joylangani bo‘yicha ochilmasdan saqlanganida, kafolatli saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab - 2-yil.