Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Ammoniy karbonat tuzlari

Ammoniy karbonat tuzlari

AMMONIY KARBONAT TUZLARI

GOST 9325-79 (TIF TN kodi 283 699 1700)

Ammoniy karbonat tuzlari (AKT) - asosi ammoniy karbonat (NH4)2CO3 va ammoniy bikarbonat NH4HCO3 dan iborat bo’lgan ammoniy karbonatning turli aralashmasidir. Ammoniy karbonat tuzlari yengil, kimyo sanoati va sanoatning boshqa tarmoqlarida qo’llashga mo’ljallangan. qo’llanilishiga qarab, ammoniy karbonat tuzlari ikki markada ishlab chiqariladi:

"A"- organik sintez va kimyoviy reaktivlar ishlab chiqarish uchun;

"B"- xromli terilarning flotasiya, bo’yash, neytrallash jarayonlari va boshqalar uchun.

Ko’rsatkichlar nomi

Markalar

«A» OKP

«B» OKP

Tashqi ko’rinishi

Oq, kul rang va pushti rangli kristallar

Ammiakning massa ulushi (NH3), %, kam emas

21,0

20,7

Qizdirilgandan keyin qoldiqning massa ulushi, %, ko’p emas

0,008

0,02

Xavfsizlik talablari: AKT inson organizmiga ta'sir qilish darajasi bo’yicha xavflilikning 4-sinfiga kiradi. U havoda turg’un emas, ammiak va karbonat angidridni ajratib parchalanadi, uning zaharliligi va yong’inga xavfliligi parchalanish natijasidagi mahsulotlar bilan belgilanadi.

Boshqa moddalar mavjudligida atrof-muhit va oqova suvlarda zaharli birikmalarni hosil qilmaydi. Yong’in yuzaga kelganda ko’p miqdordagi suv, o’to’chirgich, qum, asbestli polotno bilan o’chirish lozim. Ishchilarning himoya vositalari himoya ko’zoynaklari, ishqorga chidamli rezinadan tayyorlangan qo’lqoplar, me'yorlarga mos bo’lgan maxsus kiyim va gazniqobdan iborat.

Joylash: 35, 40, 45 kg dan ochiq polietilen qoplarga joylanadi.

Tashish: yopiq temir yo’l vagonlari, yopiq palubali kemalar, usti yopiq avtotransportlarda, ushbu transport turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Saqlash: yopiq, isitilmaydigan, shamollatiladigan omborxonalarda saqlanadi, omborxonaning harorati 35? S dan oshmasligi kerak.

Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 1 yil.

 
Bo‘limga qaytish