Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi

Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi

Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi

Ts 00203068-80:2019 (TIF TN kodi 310 230 9000)

 

Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi sanoat portlovchi moddalarini ishlab chiqarish va sonoatning boshqa sohalari yoki eksport uchun  mo‘ljallangan.

Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi o‘zining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha  jadvalda ko‘rsatilgan  me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.

 

Ko‘rsatkichlar nomi

Me’yor

Tashqi ko‘rinishi

Ochkulranglisuyuqlik

Ammoniy nitratning massa ulushi %, kam  emas:

85,0

10 %-li eritmaning vodorod ko‘rsatkichi (pN)

6,5±0,5

Kalsiyning massa ulushi (Ca+2 ),%, ko‘p emas

0,04

Temirning massa ulushi (Fe+3),% ko‘p emas

0,04

 

Xavfsizlik talablari: past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi  bilan o‘tkazilayotgan ishlar  GOST 12.3.037ga  muvofiq shaxsiy himoya choralariga rioya qilgan xolda, GOST 12.4.016 ga muvofiq maxsus kiyimda o‘tkaziladi.

Inson organizmiga ta’sir qilish darajasi bo‘yicha ammoniy nitrat eritmasi GOST 12.1.007 bo‘yicha o‘rtacha xavfli moddalarga ( 3-sinf xavfliligi) kiradi.

Ammoniy nitrat eritmasi och kul rangli,  ozgina nordon xususiyatga ega bo‘lgan suyuqlik. Ammoniy nitratning issiq eritmasiteriga tekkanda termik va kimyoviy kuyushlarni keltirib chiqaradi. Teriga tekkan eritmani mo‘l suv bilan yuvib tashlash kerak.

Ammoniy nitrat eritmasi kristallashgan xollarda eritma kristallanish haroratini 5 C0 dan ko‘p  oshmagan harorat paremetrlariga mos bug‘ bilan qizdirilishi mumkin.

Tashish: ammoniy nitrat eritmasini 15-1482 modelli, texnik tavsif bo‘yicha 1482 00.000 TO maxsus sisternalarga quyiladi va 90 C0 dan past bo‘lmagan harorat bilan (hajm bo‘yicha) 90 % ga to‘ldiriladi.

Sisternaning quyish lyuklari ammoniy nitrat eritmasi harakatiga chidamli materialdan prokladkalar bilan maxkam germetiklanganbo‘lishi kerak.

Sisternada “Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi” yozuvi bo‘lishi kerak.

Saqlash: ammoniy nitrat eritmasi, zanglamaydigan termoizolyatsiyalan ganisitgichli sig‘imlarda , kristallanish haroratidan baland haroratda saqlanadi.

Kafolatlangan saqlash muddati: ammoniy nitrat eritmasi, eritma kristallanish haroratidan past bo‘lmagan haroratga amal qilingan xolda 15 kun.

 

    


 
Bo‘limga qaytish