SUVLI TEXNIKAVIY AMMIAK (NH3H2O)
GOST 9-92 (TIF TN kodi 281 420 0000)
Suvli texnikaviy ammiak - tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmagan o’ziga xos o’tkir hidli rangsiz tiniq suyuqlikdir. Suv va spirt bilan har qanday nisbatda aralashadi.
Suvli texnikaviy ammiak ikki turda: "A" va «B» markalarda chiqariladi.
- "A" marka sanoatning turli sohalarida;
- "B" marka esa qishloq xo’jaligida azot o’g’iti sifatida foydalaniladi. Iqtisodiyot nuqtai nazarida ushbu turdagi azot eng arzon hisoblanadi. Kuzda ammiak tuproqqa solinganda eng yuqori samaraga erishiladi, chunki u tuproqda qattiq o’g’itlardagi ammoniyli azotdan yaxshiroq ushlab qolinadi.
Ko’rsatkichlar nomi |
«А» |
«B» |
Tashqi ko’rinishi |
Tiniq rangsiz yoki sarg’ishroq suyuqlik | |
Ammiakning massa ulushi, %, kam emas azotga qayta hisoblanganda, %, kam emas |
25 Me’yorlanmagan |
25 20,5 |
Uchmaydigan qoldiqning massa ulushi, g/dm3, ortiq emas |
0,07 |
Me’yorlanmagan |
Uglerod dioksidning massa konsentrasiyasi, g/dm3, ortiq emas |
Me’yorlanmagan |
8 |
Xavfsizlik talablari: yonmaydigan va portlash xavfi bo’lmagan suyuqlik. Suvli ammiak xavflilikning 4-sinfiga kiradi. Ishda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va shaxsiy gigienaga rioya qilish kerak.
Tashish: germetik transport vositalarida temir yo’l, avtomobil va suv transportida transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
"A" markali mahsulot temir yo’l sisternalarida va ammiak tashuvchilarda tashiladi.
«B» markali mahsulot pastidan quyib olinadigan sisternalar va ammiak tashuvchilarda tashiladi.
Saqlash: yopiq xonalarda germetik idishlarda yoki saqlash uchun maxsus mo’ljallangan sig’imlarda.
Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 1 yil.