TEXNOLOGIK SUYUQ KISLOROD (О2)
GOST 6.3-69-99 (TIF TN kodi 280 440 0000)
Chuqur sovitish va azot kabinalarida parchalash usuli bilan atmosferadan olinadigan suyuq kislorod.
Suyuq texnologik kislorod metallarga gaz-alanga yordamida ishlov berish va boshqa texnik maqsadlar uchun gazlashtirishdan so’ng qo’llaniladi.
Ko’rsatkichlar nomi |
Me'yor |
Kislorodning hajmiy ulushi, %, kam emas |
95,0 |
Asetilenning massa ulushi |
Mavjud emas |
Moyning massa ulushi |
Mavjud emas |
Namlik va mexanik aralashmalarning massa ulushi |
Sinovdan o’tishi kerak |
Xavfsizlik talablari: suyuq kislorod zaharli emas, yonmaydi, portlash xavfi yo’q, biroq kuchli oksidlovchi bo’lib, boshqa materiallarning yonish xususiyatini keskin oshiradi. Suyuq kislorod bilan singdirilgan yog’och, qog’oz, asfalt, ko’mir detonasiyalanadi. Terining ochiq joyiga tushganda sovuq urish holatlari vujudga keladi, ko’zning shilliq pardasini jarohatlaydi.
Joylash: kriogen mahsulotlarni saqlash va tashish uchun mo’ljallangan maxsus, kriogen, avtotransport sisternalarga quyiladi. quyish maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi.
Tashish: transportning barcha turlarida (temir yo’l, avtotransportda), transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.Suyuq kislorod to’ldirilgan sisternalar tashilayotgan paytda joyidan siljimasligi va zarbalardan holi bo’lishi kerak. Kriogen idishlar vertikal holatda tashiladi.
Kafolatlangan saqlash muddati: tayyorlangan kundan boshlab 18 oy.