KALIY SULFAT
Ts 00203068-48:2015 (Код ТН ВЭД 310 430 0000)
Kaliy sulfat- tarkibida kaliy miqdori 48% dan kam bo’lmagan yuqori samarali konsentrlangan kaliyli o’g’itdir. Kaliy sulfat qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan.
Har qanday tuproqlardagi barcha ekinlar uchun qo’llaniladi, ayniqsa yengil qumli tuproqlardagi xlorga sezuvchan ekinlar uchun samaralidir. ¡g’it kartoshka, meva va sabzavotlarning mazasini yaxshilaydi, o’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga chidamliligini, shuningdek mevali daraxtlarning qishga bardoshliligini oshiradi
Ko’rsatkichlar nomi | |
Tashqi ko’rinishi |
Och sariq rangli kristallik kukun, kul rang yoki qizg’ish rang ruxsat etiladi |
Kaliyning massa ulushi K2O ga qayta hisoblanganda, %, kam emas |
48 |
Xloridlarning massa ulushi, %, ko’p emas |
2 |
Suvning massa ulushi, %, ko’p emas |
1 |
Suvda erimaydigan qoldiqning massa ulushi, %, ko’p emas |
1 |
Xavfsizlik talablari: me'yoriy sharoitlarda yonmaydi, yong’in va portlash xavfi yo’q. Mahsulot bilan ishlagandan so’ng qo’lni suv bilan astoydil yuvish kerak. O’g’it bilan ishlash vaqtida shaxsiy himoya choralariga rioya etish zarur.
Joylash: polietilen paketlarga, polivinilxlorid plenkali paketlarga 3 kg, 5 kg og’irlikda, polietilen qoplarga 25 kg, 30 kg, 40q1 kg og’irlikda joylanadi.
Tashish: transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Saqlash: nam tushishidan himoyalangan yopiq, quruq va toza xonalarda isitish asboblaridan uzoqda, bolalar va hayvonlar tega olmaydigan joyda, oziq - ovqat va dori - darmonlardan alohida saqlanadi.
Kafolatlangan saqlash muddati: Tayyorlangan kundan boshlab 3 yil.