Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
  • Asosiy
  •  > 
  • Yangiliklar
  •  > 
  • “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati mineral o‘g‘itining tannarxi pasaytirilganini e’lon qiladi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati mineral o‘g‘itining tannarxi pasaytirilganini e’lon qiladi

“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati mineral o‘g‘itining tannarxi pasaytirilganini e’lon qiladi

7 May 2024г.

“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati vakolatli omborlarida  2022-yilda ishlab chiqarilgan ammiakli selitra mineral o‘g‘itining tannarxi pasaytirilganini e’lon qiladi

2024-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev huzurida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zahiralarni safarbar etish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda Respublika qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish va qishloq xo‘jaligi korxonalariga mineral o‘g‘itlarni xarid qilishda qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida viloyatlardagi omborlarda saqlanayotgan 2022-yilda ishlab chiqarilgan ammiakli selitra mineral o‘g‘itining birja savdolarida boshlang‘ich narxi 2 452 280 so‘m (1 tonnasi uchun) deb belgilanganini e’lon qiladi.

Ushbu mineral o‘g‘it sifatiga “O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi umumiy va noorganik kimyo instituti” tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida fizik-kimyoviy samaradorligi yo‘qotilmasligi to‘g‘risida hamda kafolatli saqlash muddati tugaganidan keyin ham uning yuqori agrokimyoviy samaradorligi ta’minlanishi bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa berilgan.

“Maxam-Chirchiq” AJning joylardagi omborlaridan mineral o‘g‘itlarning birja savdolarida boshlang‘ich narxining pasayish darajasi (QQS bilan, vakolatli omborlar xarajatlarisiz):

Ammiakli selitra:

2 452 280 so‘mdan – 2 207 052 so‘mgacha - 10 %.

 

Ma’lumot olish uchun:

Pochta manzili: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Toshkent ko‘chasi 2-uy

Telefon: + 99870 719-33-23

E-mail: birga@maxam-chirchiq.uz

 

 
 
Back to the list