Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Tarkibiy bo'linmalar

Korporotiv boshqarishni muvofiqlashtirsh va ijro intizomi  bo‘limi

Korporotiv boshqarishni muvofiqlashtirsh va ijro intizomi bo‘limi

Rahbar: Bakiyev Baxtiyar Baxadirovich
Lavozim: KBN va II bo'limi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – korporotiv boshqarish va ijro intizomi bo‘yicha qarorlarni bajarilishini  nazorat qilishdir.
Bo‘limiga asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- jamiyatning Ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, jamiyat Kuzatuv kengashi yig‘ilishi, jamiyat boshqaruvi yig‘ilishini o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash va yig‘ish;
- Jamiyat ijroya organi – boshqaruv, kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qilish;
- jamiyat faoliyati va moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi kerakli axborotlarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida chop etish;

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi

Rahbar: Sabitov Mirxamid Mirsaidovich
Lavozim: MMQXT bo'limi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – korxonada xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish ustidan nazoratni tashkil etshdir.
Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, amaldagi qonunchilik, yo‘riqnoma, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha qoida va me’yorlarga rioya qilish, mehnat sharoitlari bo‘yicha xodimlarga belgilangan imtiyoz va kompensatsiyalarni berishni nazorat qilish;

Texnikaviy nazorat bo‘limi

Texnikaviy nazorat bo‘limi

Rahbar: Rixsitillayev Furkat Xamidovich
Lavozim: Texnikaviy nazorat bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – O‘zR «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi nazorati ostida bo‘lgan ob’ektlar holati va ulardan foydalanishni texnik nazorat qilishdir.
Asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- bosim ostida ishlayotgan apparat va idishlar, bug‘ qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, liftlar, gaz payvandlash apparatlari, gaz quvurlari, quvurlar, bug‘ va issiq suv quvurlarida maqsadli tekshirishlar o‘tkazish;
- uskunalardan avariyasiz foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni bajarilishini nazorat qilish.

Transport  bo‘limi

Transport bo‘limi

Rahbar: Sayfidinov Najmidin Shamshiyevich
Lavozim: Transport bo‘lim boshlig'i

Transport  bo‘limining asosiy vazifasi – transport vositalaridan samarali foydalangan  holda korxonaga o‘z vaqtida va sifatli transport xizmatini ko‘rsatishdir.
Bo‘limiga asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- korxona hududidan tashqarida transport vositalari ishlari boshqaruvini markazlashtirish;
- temir yo‘lda tashishga shartnomalarni, transport vositalarini ijaraga berishni, chet tashkilotlar tomonidan yuklarni tashishni amalga oshirish, sisterna, t/y tarozilari, lakomativlarni ta’mirlashga shartnomalarni rasmiylashtirish va tuzish;
- korxonaning transport bo‘linmalarida barcha turagi transport va yuk ortish-tushirish vositalarining texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanishni nazorat qilish;
- yo‘l-transport hodisalari tekshirishini o‘tkazishda ishtirok etish, ularni bartaraf etish va ogohlantirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish.

Sifatni boshqarish bo‘limi

Sifatni boshqarish bo‘limi

Rahbar: Kuralova Raushan Ayubayevna
Lavozim: Sifatni boshqarish bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi - Sifat Menejmenti Tizimining ishlashi va takomillashishi bo‘yicha ishlarni tashkil etishdir.
Asosiy vazifalarni bajarish maqsadida bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Aniqlash:
- MS ISO 9001:2008 talab qilgan hujjatlar hajmini ;
- Sifat Menejmenti Tizimi uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni;
- jarayonlarning izchilligi va ularning o‘zaro bog‘liqligini;
- jarayonlar samaradorligini ta’minlash uchun mezon va usullarni;
Sifat Menejmenti Tizimininghujjatlarini ish amaliyotiga joriy etish.
Sifat Menejmenti Tizimi jarayonini monitoring va tahlil qilish.

Rejalashtirish-iqtisodiyot bo‘limi

Rejalashtirish-iqtisodiyot bo‘limi

Rahbar: Klubkova Marina Alyeksyevna
Lavozim: Rejalashtirish-iqtisodiyot bo‘lim boshlig'i

Rejalashtirish-iqtisodiyot  bo‘limining asosiy vazifasi –  korxonada ishlarni oqilona xo‘jalik faoliyatiga erishish uchun yo‘naltirilgan iqtisodiy rejalashtirish bo‘yicha tashkil etishdir.
Rejalashtirish-iqtisodiyot  bo‘limiga asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- korxonaning tasdiqlangan pragnozi asosida  sex va xizmatlarning ishlab chiqarish –xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish;
- mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga xarajatlarni rejalashtirish va ularni sarflanishini nazorat qilish;

Sotish bo‘limi

Sotish bo‘limi

Rahbar: Vasilenko Lyudmila Leonyevna
Lavozim: Sotish bo‘lim boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi – reja topshirig‘iga binoan korxonaning tayyor mahsuloti sotilishini ta’minlashdir.
Sotish bo‘limiga asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- O‘zR “Xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazalari to‘g‘risidagi” qonuniga binoan mahsulot yetkazib berishga shartnomalar va bitimlarni rasmiylashtirish va tuzish;
- mahsulotni eksportga yuborish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, bojxona postida deklaratsiya va bojxona protseduralarini o‘tkazish.

Moliya bo‘limi

Moliya bo‘limi

Rahbar: Saipov Alisher
Lavozim: Moliya bo‘lim boshlig'i

Moliya bo‘limining asosiy vazifasi -  “Maksam-Chirchiq” AJ moliya faoliyatini tashkil etishdir.
Moliya bo‘limiga asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- ichki  xo‘jalik rezervlarni maksimal jalb etish, asosiy va aylanma vositalardan yanada oqilona foydalanishni hisobga olgan holda korxonaning moliyaviy rejasi loyihasini barcha kerakli hisob-kitoblar bilan tuzish;    
- korxonaning barcha turdagi kreditlarga ehtiyojini, uning texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, yangi ishlab chiqarishlarni qurish rejalarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash;  
- buxgalteriya, statistik va tezkor tahlilar.

Loyiha-konstruktorlik bo‘limi

Loyiha-konstruktorlik bo‘limi

Rahbar: Saipjanov Xurshid Turgunbayevich
Lavozim: Loyiha-konstruktorlik bo‘limi boshlig'i

Bo‘limning asosiy vazifasi amaldagi ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga loyiha-konstruktorlik va smeta hujjatlarini ishlab chiqish, alohida texnologik jarayonlarni takomillashtirish, og‘ir va ko‘p mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirishdir.   Loyihalarni standartlar, texnologik me’yorlar, loyihalashtirish va qurilish bo‘yicha ko‘rsatmalar va qoidalarga mosligini ta’minlaydi.
Boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni ekspertiza qilishda, takliflar va xulosalarni tayyorlashda ishtrok etadi.

Bosh metrolog bo‘limi

Bosh metrolog bo‘limi

Rahbar: Dosmetov Dilshod
Lavozim: Bosh metrolog

Bosh metrolog bo‘limining asosiy vazifasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinash va ulardan foydalanishni metrologik ta’minlashdir.
Bosh metrolog bo‘limiga asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- yangi o‘lchov texnikasini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha orgtexnika tadbirlarini joriy etish loyiha-rejalarini tayyorlash, metrologik ta’minlashni takomillashtirish rejalarini ishlab chiqish, o‘lchash vositalari,  nazorat va sinovlarni o‘tkazish usullarini ishlab chiqish.

Huquqshunoslik bo‘limi

Huquqshunoslik bo‘limi

Rahbar: Karakuziev Asqar
Lavozim: Huquqshunoslik bo'lim boshlig'i

Huquqshunoslik bo‘limining asosiy vazifasi - korxona faoliyatida qonunchilikka rioya qilishni ta’minlash va uning huquqiy manfaatlarini himoya qilishdir.  
Huquqshunoslik bo‘limiga asosiy vazifa bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- huquqshunoslik bo‘limi korxona xodimlariga ularning murojaatlari bo‘yicha korxona faoliyatiga tegishli hujjatlarni topishda yordam berish, zarur bo‘lganda ularning holatini tushuntirish;
- shartnomalarni tayyorlash va tuzishda, ularni qonunchilikka mosligini tekshirishda va shartnomalar loyihasiga viza qo‘yishda ishtirok etish.

Ichki audit xizmati

“Maksam-Chirchiq” AJning ichki audit xizmati ichki auditni amalga oshiradigan korxonaning mustaqil tarkibiy bo‘linmasidir. IAX jamiyatning Kuzatuv kengashiga  bevosita bo‘ysunadi. IAX “Maksam-Chirchiq”OAJ Boshqaruvi va korxonaning tarkibiy bo‘linmalari ishiga ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, ta’sis etuvchi va ichki hujjatlarga rioya qilishni tekshirish va monitoring o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va moliya hisobotida aks ettirilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda o‘rnatilgan qoidalar va protseduralari ta’minlanishishi, aktivlarning saqlanishi hamda korporotiv boshqarish prinsiplarini joriy etish  yo‘li bilan baho beradi va nazoratni amalga oshiradi.

Ishlab chiqarish–texnik boshqarmasi

Ishlab chiqarish–texnik boshqarmasi

Rahbar: Sankov Sergey Yuryevich
Lavozim: IChT boshqarmasi boshlig'i

Boshqarmaning asosiy vazifasi – sexlarning ishini bir maromda tashkil etish, mos ravishdagi mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish va ortig‘i bilan bajarish,  amaldlagi texnologik jarayonlarni takomillashitirsh va kuchaytirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va ularni bajarilishini nazorat qilishdir.