“Maxam-Chirchiq” AJda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha 2023-yil “Yoʻl xaritasi” da belgilangan bandlar bo‘yicha 114 ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
2023-yil davomida “Harakatlar strategiyasidan–taraqqiyot strategiyasi sari targ‘ibot to‘plamlari xarid qilinib, sex va bo‘limlarga tarqatildi.
Yil davomida 850 ishchi-xizmatchilar O‘zbek milliy drama teatri, Navoiy nomidagi akademik katta teatri, rus akademik drama teatr, Toshkent davlat musiqali komediya va operetta teatriga, 250 nafar xodimlar Toshkent shahridagi politexnika, tarix muzeylariga tashrif buyurishgan. 668 nafar xodim esa Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimizga sayohat qilishdi.
Korxona Jamoa shartnomasiga asosan 2370 nafar xodimning 3836 nafar farzandlariga maktabga o‘quv qurollari sotib olish uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.
Korxona kirish qismida 3x7 m hajmdagi 2 dona LED monitor o‘rnatildi va doimiy ravishda korxona faoliyatiga oid yangiliklar, videoroliklar namoyish etilmoqda, shuningdek, mumtoz kuy-qo‘shiqlar eshittirilishi yo‘lga qo‘yildi.
Vazirlik va idoralar xodimalari va ularning oila aʻzolari oʻrtasida "Gimnastrada hamma uchun!" sport festivalida “Oʻzkimyosanoat” AJ nomidan ishtirok etgan “Maxam-Chirchiq” AJ jamoasi faxrli 2-oʻrinni egalladi va “Gimnastika elementlarining eng yaxshi tanlovi uchun” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.
Avval kiril alifbosida bo'lgan 1000 kv.m ga yaqin turli shiorlar, eslatmalar, korxona tarixi tushirilgan bannerlar lotin alifbosida yangidan o‘rnatildi.
Korxonaning barcha 58 ta sex va bo‘limlarida “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari faoliyat yuritadi, o‘tgan yilda 5 ta ziyo maskani yangidan jihozlandi.
Yil davomida 60 nafar ishchi-xodim Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Malaka oshirish markazida bosqichma-bosqich oʻquv kurslarida malaka oshirdi va sertifikat oldi.
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati