Tashkilot rahbarlariga
TANLOV JARAYONI TO‘G‘RISIDA XABARNOMA
“Maxam-Chirchiq” Aksiyadorlik Jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda tadbirkorlik subyektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobatbardoshlik jarayonini xolis va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, SIRDARYO viloyati hududida jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlarni saqlashga mo‘ljallangan vakolatli omborlarni tashkil etish tanlov asosida o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun texnik va xavfsizlik talablariga to‘la javob beradigan vakolatli omborlarni hamda uni tashkil etuvchi munosib talabgorlarni tanlab olish, tanlov asosida maxsus tartibga asosan amalga oshiriladi va texnik topshiriqda belgilangan shartlarga asosan tanlab olinadi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, sog‘lom moliyaviy faoliyatga ega bo‘lgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan tashkilotlar qatnasha oladi.
Talabgorlar tanlov bilan bog‘liq har qanday ma’lumotni olish bilan bog‘liq texnik muammolarni hal qilish uchun manfaatdor shaxslar murojaat qiluvchi Karimjonov Murodjon +99899-851-10-08 yoki Xamitov Akbar +99899-229-28-22 raqam orqali va
birga@maxam-chirchiq.uz elektron manziliga yozma ravishda murojaat qilishlari mumkin:
Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov takliflari muhrlangan konvertda 2026-yil
11-may soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Ilova: 1-Shakl