Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
  • Korxona to'g'risida
    Korxona to'g'risida

    Mamlakatda azot ishlab chiqaruvchi korxonalardan birinchilardan bo'lib «MAXAM-CHIRCHIQ» Aksiyadorlik Jamiyati bunyod etilgan.

  • Mahsulot
    Mahsulot

    Mamlakatda azot ishlab chiqaruvchi korxonalardan birinchilardan bo'lib «MAXAM-CHIRCHIQ» Aksiyadorlik Jamiyati bunyod etilgan.

  • Sertifikatlar
    Sertifikatlar

    CI auditorlari tamonidan «MAXAM-CHIRCHIQ» Aksiyadorlik Jamiyatiga ISO 9001:2015, ISO 50001:2018 xalqaro sertifikatlarini berish tavsiya etilgan.

Asosiy mahsulot

  • Texnikaviy magniy sulfat

    Mineral o'g'itlar
    ГОСТ O‘zMSt 201:2024 Код ТН ВЭД TIF TN kodi 283 321 0000

    Texnikaviy magniy sulfat – bu tarkibida 15% dan yuqori magniy va 12% dan kam bo‘lmagan oltingugurt mavjud bo‘lgan samarali magniyli o‘g‘itdir.  Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, tuproqda yaxshi taqsimlanadi. Magniy o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o‘simliklar tomonidan uning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar tusga kirishini va o‘simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy o‘g‘itini qo‘llash zarur.
    Magniy sulfat meva va sabzavotlarning hosildorligini oshiradi, ularning sifatini, ya’ni kartoshkaning serkraxmalliligi, meva va sabzavotlarni servitaminliligini oshiradi.

    Asosiy toifa: Mineral o'g'itlar
  • Kas-suyuq azotli o'g'it

    Mineral o'g'itlar
    ГОСТ TSh 6.3-82:2006 Код ТН ВЭД 310 280 0000

    Suyuq azotli o’g’it (KAS) - karbamid va ammiakli selitradan iborat bo’lgan suyuq holdagi o’g’itdir. KAS qishloq xo’jaligida mineral o’g’it sifatida qo’llash uchun mo’ljallangan.

    Asosiy toifa: Mineral o'g'itlar
  • Ammoniy sulfat

    Mineral o'g'itlar
    ГОСТ GOST 9097-82 Код ТН ВЭД 310 221 0000

    Ammoniy sulfat o’g’iti - tarkibi ammoniy shaklidagi 21% azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo’lgan, o’simliklarni  oziqlanishi uchun muhim bo’lgan o’g’itdir. U ozgina gigroskopik bo’lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib ketmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko’rinishi jihatidan ammoniy sulfat - oq yoki nimrangli kristall holdagi kukun bo’lib, och sariq va pushti rangda ham bo’lishi ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat ozuqa sifatida qo’llaniladi.  Bu o’g’itni nafaqat bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning ammoniyli azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.

    Asosiy toifa: Mineral o'g'itlar
  • Kaliy sulfat

    Mineral o'g'itlar
    ГОСТ Ts 00203068-48:2015 Код ТН ВЭД 310 430 0000

    Kaliy sulfat- tarkibida kaliy miqdori 48% dan kam bo’lmagan yuqori samarali konsentrlangan kaliyli o’g’itdir. Kaliy sulfat qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan.

    Asosiy toifa: Mineral o'g'itlar
  • KAS asosidagi universal ozuqa eritmalar

    Mineral o'g'itlar
    ГОСТ Ts 00203068-01:2013 Код ТН ВЭД 3102 90 0000

    Universal ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, KAS- azot-fosfor- kaliy  asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir. UOE KAS-FK ni olish uchun asosiy xomashyo bo’lib,  KAS, ammofos va   kaliy xlorid hisoblanadi.

    Asosiy toifa: Mineral o'g'itlar
  • Ammiakli selitra asosidagi universal ozuqa eritmalar

    Mineral o'g'itlar
    ГОСТ Ts 00203068-02:2013 Код ТН ВЭД 3102 90 0000

    Universal  ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, tarkibida azot - kaliyli, azot -fosforli, azot - fosfor- kaliyli o’g’itlar mavjud bo’lgan ammiakli selitra eritmasi asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir.

    Asosiy toifa: Mineral o'g'itlar

Yangiliklar

RSS

E'LON

10 Oktyabr 2024г.

Tadbirlar

Ochiq tenderlar